Aholiga transport xizmatini ko‘rsatish: qulay, sifatli, samarali

27/04/2018 - 14:56 15504

Bugun Iqtisodiyot vazirligida respublika ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik mas'ul xodimlari tomonidan “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish dasturlari”ning mazmun va mohiyatiga bag‘ishlanib namoyish etilgan taqdimot qiziqarli va mazmunli bo‘ldi. Keltirilgan raqamlar, misollar tadbir ishtirokchilarining e'tiborini tortdi.  

Shuningdek, matbuot anjumanida O‘zbekiston Avtomobil transporti agentligining Avtomobil tashuvini nazorat va muvofiqlashtirish boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Toxirxo‘ja Jamolxo‘jayev, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Komiljon Shamsiddinov, Toshkent viloyati hokimligi qurilishi bo‘limi Bosh mutaxassisi Bobur Davlatovlar ham so‘z olishib, har birlari o‘zlari mas'ul bo‘lgan masalalar yuzasidan matbuot vakillariga axborot berishdi.  

Tadbir so‘nggida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar olindi.

Press-relizni yuklab oling

Iqtisodiyot vazirligi Axborot xizmati