O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksini tasdiqlash haqida
31/01/2018 - 16:48 17418
"O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksini tasdiqlash haqida" O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 6-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda ma'qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi tasdiqlansin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini Kodeksga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari Kodeksga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Kodeksning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta'minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun 2018-yil 1-apreldan e'tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-yanvar,
O‘RQ-461-son