Media tur davom etmoqda: navbat - Navoi viloyati

10/08/2017 - 09:57 9836

Joriy yilning 9 avgust kuni Iqtisodiyot vazirligi ommaviy axborot vositalari hamkorligida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” media tur doirasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimidagi korxonalarga tashrif buyurdilar. 

Media tur ishtirokchilari bo‘g‘ turbina ishlashi bilan tanishish maqsadida Shimoliy kon boshqarmasining Sulfat ishlab chiqarish sexiga kelishdi. Bo‘g‘ turbinani tatbiq etilishi Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablag‘i hisobidan moliyalashtirilgan subloyihalaridan biridir. 

Korxona mutaxassislari tadbir ishtirokchilarini Uchquduq shahrida yangi qurilgan “Kelajak” yoshlar markazida kutib olishdi va o‘sha joyning o‘zida subloyiha xususiyatlariga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi. Shunday qilib, 6,3 MVt quvvatiga ega bo‘g‘ turbina 2016 yilning iyun oyida ishga tushirilgan bo‘lib,  u korxona uchun qo‘shimcha elektr energiyasini muvoffaqiyatli ishlab chiqaryapti. 

Navoiy kon-metallurgiya bosh energetigining o‘rinbosari Alisher Achilov o‘z taqdimotida mazkur loyihaning afzalliklari to‘g‘risida ma'lumot berarkan,  quyidagilarga to‘xtalib o‘tdi: “Uskuna o‘rnatilishidan oldin sulfat ishlab chiqarish sexida ko‘p miqdorda issiqlik quvvatining yo‘qotilishiga guvoh bo‘lardik. Uchquduq shahrini uch oy mobaynida isitib turishga sarflangan energiya hajmiga teng miqdordagi yo‘qotishlar mavjudligi kuzatib borilar edi. Bo‘g‘ turbinaning ishga tushirilishi, o‘z navbatida, muqarrar yo‘qotishlarning oldini olib, qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarishga imkoniyat beradi. Bugungi kunda turbina 41,3 million kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarib, butun sexning ehtiyojlarni qoplamoqda”. 

Ta'kidlab o‘tish joizki, uskuna Hindistonning «Triveni Turbine Limited»  korxonasi tomonidan yetkazib berildi. Uskunaning umumiy qiymati 1,8 million AQSH dollariga teng bo‘lib, uni sotib olishga sarflangan umumiy xarajatlar ikki yarim yil ichida qoplanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasining muvofiqlashtirish guruhi