O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori
16/08/2017 - 12:08 21781
«Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 33-son, 442-modda; 2014-y., 15-son, 167-modda, 31-son, 380-modda; 2015-y., 46-son, 584-modda, 49-son, 613-modda; 2016-y., 9-son, 90-modda, 18-son, 192-modda, 23-son, 269-modda, 25-son, 308-modda, 45-son, 525-modda; 2017-y., 11-son, 166-modda, 14-son, 228-modda, 19-son, 345-modda, 26-son, 592-modda, 30-son, 734-modda)
«Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek tadbirkorlik sub'yektlarini rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Vakolatli organlar tomonidan berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qonun hujjatlariga muvofiq ruxsat berish tartib-taomillarining qonunda nazarda tutilmagan yangi turlarini joriy etish taqiqlanishi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda, o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 15-avgust,
225-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son Qaroriga 2-ILOVA
Vakolatli organlar tomonidan berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrlarini yuritish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vakolatli organlar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlariga - yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrlarini yuritish tartibini belgilaydi.
2. Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestri (keyingi o‘rinlarda reyestr deb ataladi) o‘zida ruxsat etish xususiyatiga ega berilgan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan hujjatlar, shuningdek amal qilishi to‘xtatib turilgan, tiklangan yoki to‘xtatilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar va boshqa ma'lumotlar mavjud bo‘lgan barchaning tanishishi uchun ochiq bo‘lgan davlat reyestrini ifodalaydi.
3. Vakolatli organlar reyestrni yuritish bilan bog‘liq tartib-taomillarni amalga oshirishda «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Reyestr xatti-harakatni sodir etish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berilgan tadbirkorlik sub'yektlarining davlat hisobini yuritishni ta'minlash va ular to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etish maqsadida yuritiladi.
II. Reyestrni yuritish tartibi va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar
5. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar reyestrga tadbirkorlik sub'yektiga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda kiritiladi. Reyestrdagi barcha qaydlarga sana qo‘yiladi hamda ular imzo va muhr bilan tasdiqlanadi.
6. Har bir reyestrda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
tadbirkorlik sub'yektlari to‘g‘risidagi asosiy ma'lumotlar (tadbirkorlik sub'yektlari - yuridik shaxslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni, tadbirkorlik sub'yektlari - jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning pasportiga oid ma'lumotlar, pochta manzili, telefoni);
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berilgan sana va ularning tartib raqami;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddatlari (amal qilishining cheklangan muddatiga beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar uchun);
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirishning, amal qilish muddatini uzaytirishning asosi va sanasi (amal qilishining cheklangan muddatiga beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar uchun), amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishini to‘xtatish uchun asos va sana;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni bekor qilishning asosi va sanasi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatlarini berishning asosi va sanasi;
ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan boshqa ma'lumotlar.
7. Reyestr qog‘ozda va elektron manbalarda yuritiladi. Qog‘ozdagi va elektron manbalardagi yozuvlar o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lgan taqdirda qog‘oz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi.
Qog‘oz manbadagi reyestr vakolatli organ tomonidan bir nusxada yuritiladi.
Reyestr jurnali ip o‘tkazib tikiladi, tartib raqami qo‘yiladi va uning orqa tomonida sahifalar soni, jurnalni yuritish boshlangan sana (yil, oy, kun) ko‘rsatiladi, vakolatli organing muhri bosiladi va rahbarining imzosi qo‘yiladi.
Reyestr vakolatli organlarning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan reyestr ma'lumotlari ushbu ma'lumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlardagi mavjud ma'lumotlarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan ma'lumotlar ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgunga qadar ishonchli hisoblanadi.
8. Vakolatli organlar ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash, to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilingan kunda reyestrga tegishli qaydlarni kiritadi.
9. Reyestrdagi mavjud ma'lumotlardan umumiy ravishda foydalaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berilgan aniq tadbirkorlik sub'yektlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar tegishli reyestrdan ko‘chirma tarzida beriladi.
Reyestrdagi mavjud ma'lumotlarni taqdim etish muddati vakolatli organ tomonidan tegishli so‘rov olingan kundan boshlab bir ish kunidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
III. Yakunlovchi qoida
10. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Manba: Lex.uz