Iqtisodiyot vazirligida bo‘lib o‘tadigan kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi haqida
25/10/2016 - 17:34 13427
2016-yil 26-oktabr kuni Iqtisodiyot vazirligida kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Unda vazir hamda uning o‘rinbosarlari, Hay'at a'zolari, bosh boshqarma, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari, shuningdek vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari hududlarini kompleks rivojlantirish Yig‘ma boshqarmalari rahbarlari ishtirok etadilar.
Yig‘ilishda 2016-yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, respublika iqtisodiyotining barqarorligini yanada oshirish, 2016-yilning asosiy makroiqtisodiy ko‘satkichlari va maqsadli parametrlarining bajarilishini ta'minlash borasida vazirlik va uning quyi tashkilotlari oldida turgan ustuvor vazifalarga doir masalalar ko‘rib chiqiladi.
Iqtisodiyot vazirligi Axborot xizmati