O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarning yuqori likvidli turlarini birja savdolarida sotish mexanizmlarini takomillashtirishni davom ettirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi
23/05/2016 - 13:30 9490
Mahsulotlarning yuqori likvidli turlarini birja savdolarida sotish mexanizmlarini takomillashtirishni davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Quyidagilar:
mahsulotlarning yuqori likvidli turlarini birja savdolarida sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
birja savdolarini takomillashtirish va soddalashtirishga doir Tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zbekneftegaz” MXKning 2016 yilning 1 iyulidan avtomobillarga gaz siqib berish kompressor stansiyalari va g‘isht ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gazni “O‘zbekiston respublikasi mol xom-ashyo birjasi” AJda o‘tkaziladigan elektron birja savdolari orqali sotish taklifi qabul qilinsin.
4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev
Yuklab olish (zip, 357,9Kb)