Internet tarmog'iga ulanish xizmati bo'yicha

10/02/2016 - 18:59 11021

Vazirlik Markaziy Apparati ehtiyoji uchun Internet tarmog'iga ulanish xizmati bo'yicha O`zbekiston respublika tovar xomashyo birjasining Davlat xaridlari bo`yicha elektron savdolar tizimida tegishli ariza berilgan.

Savdo O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 11 iyundagi "Davlat va korporativ xaridlar jarayonini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 166-sonli qaroriga muvofiq o'tkaziladi.

Talabnoma taqdim etilgan sana: 09.02.2016y.

Auksion tugash muddlati: 19.02.2016y.

Lot raqami: 3773693.

Mazkur lot bo'yicha batafsil ma'lumotlar bilan bu yerda (pdf, 94Kb) tanishish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun (+99871) 232-63-00 (Qarshiev D.) hamda (+99871) 232-63-13 (Karimov O.) raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.


Savdo natijalari

O'tkazilgan birja savdolari natijasida mazkur lot bo'yicha - "UZBEKTELEKOM" AK g'olib deb topildi. Iqtisodiyot vazirligi va "UZBEKTELEKOM" AK o'rtasida o'rnatilgan tartibda shartnoma (pdf, 214,2Kb) imzolandi.

Tuzilgan shartnomaga muvofiq "UZBEKTELEKOM" AK tomonidan tegishli xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yildi.