Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi xodimlari uchun ichki turizm tashkil qilish

24/06/2022 - 19:23 1596

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta’minlash va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi xodimlarining madaniy hordiq chiqarishlarini tashkil etish maqsadida Sizdan vazirlik xodimlari uchun Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlariga “barchasi ichida tarif” bo‘yicha turistik sayohat uchun o‘z tijorat takliflaringizni berishingizni so‘raymiz.

Bog‘lanish uchun telefon raqami: +998712326466
E-mail: shmuminov@mineconomy.uz