OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI
23/09/2021 - 10:34 4260
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish
2021-yil 22-sentabrdan 1-oktabrgacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 2-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (10 ta mezon boʻyicha har biri 1-10 balldan, eng yuqori 10, eng past 1 ball), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo’yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy elektron pochtasi yoki telefoni orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
YOʻL-TRANSPORT VA MUHANDISLIK-KOMMUNIKATSIYA
INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
YOʻL-TRANSPORT INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI
Boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vakant lavozimiga
Talablar:
- Transport va iqtisodiyot sohalarida oliy maʼlumotga ega boʻlish (magistratura);
- Sohada kamida 5 yil ish tajribasiga ega boʻlish (Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllar qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan airports” AJ);
- Yoʻl-transport infratuzilmasi loyihalarni va raqamlarni tahlil qilish boʻyicha tajriba mavjudligi;
- Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati;
- Kreativ, tanqidiy, strategik va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega boʻlish;
- Jamoada ishlash, masʼuliyatli, mehnatsevarlik, fidoyi, tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlish;
- Oʻzbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Umumiy iqtisodiy bilimlar;
- Yoʻl-transport sohasini chuqur bilish;
- Soha boʻyicha yuridik va qonun hujjatlarini tahlil qila olish;
- Elektron hujjatlar aylanish tizimlariga tegishli topshiriqlarning bajarilish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilishini nazorat qilish;
- Departament vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish;
- Departament ish faoliyatiga oid Hukumat qarorlarini va boshqa meʼyoriy hujjatlarni oʻrganib borish va doimiy ravishda oʻz malakasini oshirib borish;
- Sohadagi yangiliklarga intilish, tashabbus koʻrsatib borish;
- 8. Hisobot va maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini taʼ
- Respublika hududlariga xizmat safarlariga chiqish.
MAKROIQTISODIY SIYOSAT, TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISH DEPARTAMENTI
- IQTISODIY O‘SISHNI HUDUDLAR HAMDA SIFAT OMILLARI KESIMIDA TAHLIL QILISH VA PROGNOZLASH BOSHQARMASI
Boshqarmasi boshlig‘i vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga, vazirlik va idoralarda ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishda rahbar lavozimida kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining, respublika hududlarini rivojlantirish yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
4.Matematika, statistika va ekonometrika vositalarini iqtisodiyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish
- O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi;
- 6. Katta hajmdagi statistik ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmasining mavjudligi;
- Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarning mamlakat iqtisodiy o‘sishiga ta’sirlarini baholash va takliflar shakllantirish ko‘nikmasining mavjudligi;
- Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning tahlili asosida hududlarning iqtisodiy rivojlanish dinamikasini hamda undagi muammolarni aniqlash va tegishli takliflarni ishlab chiqish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarda tahsil olgan, iqtisodiyot yo‘nalishida ilmiy darajaga ega bo‘lgan hamda Hukumatda mehnat faoliyatini olib borgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining sifat omillari va hududlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlash;
- Har oy yakuni bilan hududlarning rivojlanish tendensiyasini aks ettiruvchi analitik tahlil tayyorlash;
- Katta hajmdagi statistik ma’lumotlar bilan ishlash va operativ ma’lumotlarni shakllantirish;
- Iqtisodiyotni rivojlantirish hamda hududlarni rivojlantirish yo‘nalishiga taalluqli Hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, ko‘rsatmalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish va vakolati doirasida takliflar kiritib borish;
- Hududlarni iqtisodiy o‘sishning sifat omillari kesimida tahlil qilish;
- Hududlar joylashuvi va ixtisoslashuvidan kelib chiqib o‘sish nuqtalarini (drayverlarini) aniqlash;
- Hududlar rivojlanishi bo‘yicha statistik hisobotlar va hisobot berish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda ishlash, hamkorlik olib borish.
- TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI TAHLIL QILISH VA PROGNOZLASH BOSHQARMASI
Bosh mutaxassis vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot, xalqaro iqtisodiy faoliyat, ekonometrika yoʻnalishida bakalavr yoki magistr diplomiga ega boʻlish;
- Tegishli soha bo‘yicha kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
- Matematika, statistika va ekonometrika vositalarini iqtisodiyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish
- Makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda tashqi iqtisodiy faoliyat yoʻnalishidagi maʼlumotlarni bazaviy tahlil qilish qobiliyatiga ega boʻlish;
- Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati
- Kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega boʻlish;
- Jamoada ishlash qobiliyatiga ega boʻlishi;
- Oʻzbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Makroiqtisodiy parametrlar va toʻlov balansi bilan uygʻunlashgan holda tashqi savdoni rivojlantirish prognoz parametrlarini, xususan tovar (ish, xizmat)lar importi koʻrsatkichlarini va eksport prognozini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Hukumat tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida oʻrta va yaqin muddatlarga moʻljallangan tovarlarning asosiy guruhlari boʻyicha tashqi savdo prognozini shakllantirishda ishtirok etish;
- Eksport tarkibi va hajmining chuqur tahlili asosida Oʻzbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha amaliy choralar ishlab chiqishda, eksport mahsulotlari turlarini kengaytirish va hajmlarini oshirish rezervlarini oʻrganib chiqish va takliflar berish;
- Boshqarmaga tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.
- Hisobot va maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini taʼminlash.
- Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qarorlarini va boshqa meʼyoriy hujjatlarni oʻrganib borish va doimiy ravishda oʻz malakasini oshirib borish;
- ЯШИРИН ИҚТИСОДИЁТНИ ТАҲЛИЛ ҚИЛИШ БОШҚАРМАСИ
Yetakchi мутахассис vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot va moliya yo‘nalishida bakalavr yoki magistr diplomiga ega bo‘lish;
- Sohada kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hamda yashirin iqtisodiyot bo‘yicha tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lish;
4.Matematika, statistika va ekonometrika vositalarini iqtisodiyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish
- Iqtisodiyotda biznesni soyadan chiqarish va yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish bo‘yicha asosli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
- 6. Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati;
- 7. Kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega boʼlish;
- 8. Jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
- 9. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6,0 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Iqtisodiyotdagi “Yashirin iqtisodiyot”ni ko‘lamini va unga eltuvchi omillarni doimiy ravishda tahlil qilish;
- Tahlillar asosida “Yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqishga bevosita ishtirok etish;
- “Yashirin iqtisodiyot” subyektlarini aniqlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
- Respublikada “yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar hamda ularning natijasida iqtisodiyotga yetkazilayotgan zararlar to‘g‘risida keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
- Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qarorlarini va boshqa meʼyoriy hujjatlarni o‘rganib borish hamda doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish;
- Hisobot va maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini taʼminlash;
- Lavozim yo‘riqnomasiga muvofiq ish yuritish.
HUDUDLARNI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
- HUDUDLAR FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA “MAHALLABAY” ISHLASH BOSHQARMASI
Boshqarmasi boshligʻi vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga, vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarida ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirish hamda “mahallabay” ishlash yo‘nalishida boshqaruv lavozimida kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hududlarni rivojlantirish hamda “mahallabay” ishlash tizimi yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hududlarni rivojlantirish hamda “mahallabay” ishlash yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik, tashkilotchilik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilishi ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Vazirlikning hududiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, hududlarda mahallabay ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish hamda tizimning samarali ishlashini nazorat qilish;
- Mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash va tadbirkorlikka ko‘maklashish orqali iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash;
- Mahallaning pasportini, uni rivojlantirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish, “drayver” loyihalar ro‘yxatini shakllantirish va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash;
- Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi farqni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
- Har bir mahallada tuman va shahar iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga turtki bo‘ladigan yo‘nalishlarni aniqlash;
- Mahallalarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish, ajratilgan kreditlarning natijadorligi monitoringini olib borish ishlarini tashkil etish;
- Hududiy bo‘linmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli taklif va ko‘rsatmalarni ishlab chiqish, rahbariyatga taqdim etish.
- Boshqarma faoliyatiga oid hujjatlarni tayyorlash, ijro va mehnat intizomiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.
- HUDUDLAR FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA “MAHALLABAY” ISHLASH BOSHQARMASI
Boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha oliy maʻlumotga, vazirlik va uning hududiy boʻlinmalarida ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirish hamda “mahallabay” ishlash yoʻnalishida boshqaruv lavozimida kamida 2 yil ish tajribasiga ega boʻlishi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hududlarni rivojlantirish hamda “mahallabay” ishlash tizimi yoʻnalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hududlarni rivojlantirish hamda “mahallabay” ishlash yoʻnalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash koʻnikmasining mavjudligi;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega boʻlish;
- Oʻzbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilishi ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Vazirlikning hududiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, hududlarda “mahallabay” ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish hamda tizimning samarali ishlashini nazorat qilish va takliflar kiritish;
- Mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yoʻnalishlarini) aniqlash va tadbirkorlikka koʻmaklashish orqali iqtisodiy oʻsishni ta’minlash yuzasidan taklif kiritish;
- Mahallaning pasportini, uni rivojlantirish yoʻnalishlarini ishlab chiqish, “drayver” loyihalar roʻyxatini shakllantirish va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha taklif kiritish;
- Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi oʻrtasidagi farqni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash boʻyicha takliflar tayyorlash;
- Boshqarma faoliyatiga oid hujjatlarni tayyorlash va ijro intizomiga qat’iy rioya etilishini taʻminlash.
HUDUDLARDA SANOATNI VA UNING YANGI YO‘NALISHLARINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI
- To‘qimachilik, farmatsevtika va charm sanoatini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga, ishlab chiqarish yoki sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni, xususan sohani rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
- Sanoatda ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz (nemis, fransuz) tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Sanoat tarmoqlarini, shu jumladan, to‘qimachilik, farmatsevtika va charm sanoatini rivojlantirish bo‘yicha strategiya va dasturlar joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
- Iqtisodiyotni rivojlantirish hamda Sanoat tarmoqlari yo‘nalishiga taalluqli Hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, ko‘rsatmalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
- Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan Sanoat tarmoqlarining dasturlarini o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash mexanizmini amalga oshirish;
- Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va qaror loyihalarini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazishni amalga oshirish;
- Mas’ul vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda Sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda hamkorlik qilish;
- Sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha statistik hisobotlar va hisobot berish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Sanoat sohalariga investitsiya loyihalarini keng jalb etilishi bilan bog‘lagan holda mahsulot ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirishda hamda respublika iqtisodiyoti va sanoatining ko‘p tarmoqli prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Tarmoq yo‘nalishlari doirasida doimiy ravishda ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi, yuritilishi va yangilab borilishini ta’minlash.
- Elektrotexnika va boshqa sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga, ishlab chiqarish yoki sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni, xususan sohani rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
- Sanoatda ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz (nemis, fransuz) tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Sanoat tarmoqlarini, shu jumladan, elektrotexnika va boshqa sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha strategiya va dasturlar joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
- Iqtisodiyotni rivojlantirish hamda Sanoat tarmoqlari yo‘nalishiga taalluqli Hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, ko‘rsatmalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
- Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan Sanoat tarmoqlarining dasturlarini o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash mexanizmini amalga oshirish;
- Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va qaror loyihalarini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazishni amalga oshirish;
- Mas’ul vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda Sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda hamkorlik qilish;
- Sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha statistik hisobotlar va hisobot berish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Sanoat sohalariga investitsiya loyihalarini keng jalb etilishi bilan bog‘lagan holda mahsulot ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirishda hamda respublika iqtisodiyoti va sanoatining ko‘p tarmoqli prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Tarmoq yo‘nalishlari doirasida doimiy ravishda ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi, yuritilishi va yangilab borilishini ta’minlash.
- Elektrotexnika va boshqa sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassis vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga, ishlab chiqarish yoki sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish hamda sanoat yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
- Sanoatda ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik
va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish; - O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz (nemis, fransuz) tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.