Agrar sohada malaka oshirish kurslari o‘tkazildi
06/12/2019 - 19:28 5002
2019 yilning 3-4 dekabr kunlari vazirlikning quyi tizim xodimlari uchun “Tumanning qishloq xo‘jalik salohiyati va uni istiqbolli rivojlantirishni strategik rejalashtirish” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Malaka oshirish kurslarini Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimlari va vazirlik markaziy apparatining tegishli boshqarmalari mutaxassislari olib borishdi.
O‘quv mashg‘ulotlarida tuman (shahar)lar iqtisodiyot va sanoat bo‘limlarining mas’ul xodimlariga agrar sohasi holati, uning salohiyatini baholash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mezonlari, bu boradagi xalqaro tajriba, klaster tizimi va uni joriy etish, sohani rivojlantirishda investitsiyalardan samarali foydalanish mexanizmlari, sohaga innovatsiyalarni joriy etish istiqbolari hamda tuman qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘nalishlari kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunga qadar, tashkil etilayotgan bu kabi o‘quv treninglarida vazirlik quyi tizimining jami 631 nafar xodimi bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.