“Kooperatsiya kuni” ko‘rgazmali yarmarkasi va seminariga marhamat!

04/11/2019 - 11:57 4214

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 17 sentyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, importni optimallashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalardan kelib chiqib, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning 5 noyabr kuni soat 9:30 da “Kooperatsiya kuni” ko‘rgazmali yarmarkasi va seminarini tashkil etmoqda.

Tadbir Toshkent shahar, Bektemir tumani, Ohangaron shoh ko‘chasi 2-uy (“Artel” maishiy texnika ishlab chiqarish zavodi)da bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida barcha OAV vakillarini taklif qilamiz va faol ishtirok etishlarini kutib qolamiz.

Murojaat uchun: (+99890) 806-55-72