Suv resurslaridan samarali foydalanish – davr talabi
24/09/2019 - 13:26 6081
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 19 sentabr kuni suv resurslari boshqarish tizimini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, 21-22 sentabr kunlari Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari O.Rustamov boshchiligidagi ishchi guruh joylarga safar uyushtirdi.
Xususan, ishchi guruh Toshkent viloyatidagi suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan “National agro produkt” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, ushbu texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi Toshkent shahridagi “Yeso Drip Lux”, “Agro Drip”, “Pipe technologies” korxonalarida asbob-uskunalar, butlovchi qismlarni mahalliylashtirish tizimida yuzaga kelayotgan muammolar ham o‘rganildi.
Eslatib o‘tamiz, Iqtisodiyot va sanoat vazirligida mutasaddi vazirlik va idoralar, ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda sohada mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan kelishib olingan edi.