“Omninext” kompaniyasi direktori bilan uchrashuv
11/09/2019 - 18:44 5027
Bugun Iqtisodiyot va sanoat vaziri o'rinbosari Botir Usmonov Italiyaning axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritib kelayotgan “Omninext” kompaniyasi direktori Fabio Nicoloni qabul qildi.
Uchrashuvda “Omninext” kompaniyasi direktorining kompaniya faoliyati va respublikamizda hamkorlikni yo’lga qo’yishi mumkin bo’lgan yo’nalishlari bo’yicha takliflari tinglandi.
Kompaniya tomonidan, jumladan raqamli transformatsiya, milliy sog’liqni saqlash tizimi, aqlli shahar, innovatsion markazlar bilan hamkorlik, shunigdek innovatsion markazlarni Yevropa va Italiyada joylashgan innovatsoin markazlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
O’z navbatida vazirlik vakillari tomonidan bugungi kunda respublikamizda, xususan, vazirlikda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida mehmonlarga qisqacha ma’lumotlar berilib, kelgusida hamkorlik qilish mumkin bo’lgan sohalar yuzasidan fikrlar almashildi.