O‘zbekiston-Rossiya fan va ta’lim bo‘yicha komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

10/09/2019 - 19:33 4973

2019 yil 10 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasini fan va ta’lim bo‘yicha tarkibiy komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.



Yig‘ilishda ikki davlat o‘rtasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha Hukumatlararo imzolangan bitim va memorandumlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, O‘zbekistonda Rossiyaning nufuzli OTMlari filiallarini tashkil etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish, akademik tayyorgarlik bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, birgalikda ilmiy va innovatsion forumlarni o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida axborot almashinuvini o‘rnatish kabi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Kunning ikkinchi yarmida tomonlar oliy ta’lim ta’lim sifati, attestatsiya va akkreditatsiya, ilmiy faoliyat yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha hujjatlar imzolandi va rasmiylashtirildi.