2019 yilning I yarim yilligida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
02/07/2019 - 13:01 7670
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Narxlar statistikasi boshqarmasi 2019 yilning iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektorida narxlar o‘zgarishini ma’lum qildi.
2019 yilning iyun oyida iste’mol bozorida umumiy narxlar darajasining pasayishi kuzatilib, oy davomidagi deflyatsiya ko‘rsatkichi 0,5 foizni tashkil qildi.
Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-iyun oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 5,6 foizga qimmatlashdi. 2018 yilning iyun oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar 13,6 foizga oshdi.
Taqqoslash uchun: 2018 yilning iyunida tovar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 0,4 foizga arzonlashgan, 2017 yilning dekabriga nisbatan 6,2 foizga, 2017 yilning iyuniga nisbatan 17,7 foizga qimmatlashgan.
2018 va 2019 yilning I yarim yilligi davomida oylik narxlar o‘zgarishini tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 2018 yilda bo‘lgani kabi, 2019 yilning iyun oyida ham iste’mol narxlari umumiy darajasining pasayishi kuzatildi. Bu asosan mavsumiy tendensiyalar va meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining pasayishi bilan bog‘liq.
Yig‘ma iste’mol narxlari indeksi dinamikasi (o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan) 2018 yil va 2019 yil yanvar-iyun oylari uchun yillik umumiy tendensiyasining bosqichma-bosqich pasayishi bilan tavsiflanadi. Shunday qilib, eng yuqori ko‘rsatkich 2018 yil yanvar oyida (20,1 foiz) keyinchalik 2019 yil iyun oyida 13,6 foizga kamayishi kuzatildi.
Shuni ta’kidalash kerakki, 2019 yilning I yarmida yanvar oyida minimal daraja (13,0 foizga o‘sgan)ga yetgandan keyin yillik iste’mol narxlari tobora oshib bordi va 113,5 - 113,7 foiz atrofida bo‘ldi.
Yirik guruhlar bo‘yicha narx o‘zgarishlariga nisbatan, 2019 yilning iyun oyi natijalariga ko‘ra tovarlar 0,8 foizga, jumladan, oziqovqat mahsulotlari 1,8 foizga pasaydi. Nooziq-ovqat mahsulotlari oy davomida 0,6 foiz, xizmatlar esa 0,7 foizga qimmatlashdi.
Taqqoslash uchun: 2018 yilning iyunida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oy davomida o‘rtacha 1,8 foizga arzonlashgan bo‘lsa, nooziqovqat mahsulotlari 0,8 foizga, xizmatlar esa 0,3 foizga qimmatlashgan. Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-iyun oylari davomida oziqovqat mahsulotlari 5,9 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 5,2 foiz, xizmatlar 5,3 foizga qimmatlashdi.
Yil davomida (2019 yil iyun oyi 2018 yilning iyun oyiga nisbatan) oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 16,3 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 10,9 foiz, xizmatlar 12,9 foizga ko‘tarildi.
Taqqoslash uchun: 2018 yilning iyun oyi 2017 yil dekabriga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari 4,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 6,7 foiz, xizmatlar 8,0 foizga qimmatlashdi.
2017 yilning iyun oyi bilan solishtirilganda, narxlarning o‘sishi mos ravishda 19,4 foiz, 17,7 foiz, 12,9 foizni tashkil etdi. 2017 yilning dekabr holatiga hisoblangan iste’mol narxlari indeksi dinamikasi tahlilida, agar xizmatlar va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlar o‘zgarishiga nisbatan bir maromda va bosqichma-bosqish darajada o‘sgan bo‘lsa, unda oziq-ovqat mahsulotlari uchun narxlarning o‘zgarishi to‘lqinsimon shaklda tavsiflanishini ko‘rsatib, bu asosan alohida turdagi mahsulotlarning mavsumiy tendensiyalariga bog‘liq (meva-sabzavotlar va sut mahsulotlari, tuxum va hokazo).
Shuni ta’kidlash joizki, 2017 yilning yakuniga nisbatan istem’ol narxlari va tariflarining o‘sishi bo‘yicha yetakchilik xizmatlar (bir yarim yillikda 21,5 foizga o‘sdi), keyingi o‘rinlarda oziq-ovqat mahsulotlari (21,7 foiz), nooziq-ovqat mahsulotlari (18,3 foiz)ga to‘g‘ri keladi. Oy davomidagi har bir yirik guruhning salmoq vaznni inobatga olgan holda narxlar o‘zgarishini tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 2019 yil iyun oyida xizmatlar va nooziq ovqat mahsulotlari umumiy iste’mol narxlari indeksiga ta’siri 0,2 foiz darajasida bo‘lgan (keyingi o‘rinlarda f.d.), bu vaqtda oziq-ovqat mahsulotlari narxlariring pasayishi 0,9 f.d.ni tashkil etgan.
Taqqoslash uchun: 2018 yilning iyun oyida asosiy inflyatsiya bosimi bo‘yicha nooziq-ovqat mahsulotlari (0,3 f.d.) va xizmatlar tariflariga (0,1 f.d.) taalluqli bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,8 f.d.ga pasaydi.
Joriy yilning birinchi yarmi har bir oyi uchun asosiy turdagi tovarlar va xizmatlarining yig‘ma iste’mol narxlari indeksi ta’sir dinamikasini tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishini va uning ta’siri mutloq ravishda 2019 yilning yanvar-may oylarida (1,2 f.d.dan 0,2 f.d.gacha) va iyun oyida (0,9 f.d.) bosqichma-bosqich pasayib borgan Shu bilan bir qatorda, 2018 yilning yakuniga nisbatan umumiy iste’mol narxlari indeksi o‘sishiga ta’siri jihatidan ustunlik hamon oziq-ovqat mahsulotlari narxlariga tegishlidir (oziq-ovqat mahsulotlari 2,6 f.d., nooziq-ovqat mahsulotlari 1,8 f.d., xizmatlar 1,2 f.d.)
Taqqoslash uchun: 2018 yilning iyun oyiga nisbatan iste’mol narxlari indeksining o‘sishi oziq-ovqat mahsulotlari 7,0 f.d., nooziq-ovqat mahsulotlari 3,8 f.d., xizmatlar 2,8 f.d.ga teng bo‘lgan.
O‘tgan yilning dekabriga nisbatan umumiy INIning tovar va xizmatlar narxining o‘sishi dinamikasidagi o‘zgarishlar oziq-ovqat mahsulotlarining inflyatsion bosimini bosqichma-bosqich pasayishi bilan ifodalanadi (ta’sir ulushi 80,0 foizdan 46,6 foizgacha pasaydi). Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi, aksincha, joriy yilning yanvar oyidan iyun oyiga qadar 13,3 foizdan 32,6 foizgacha ko‘tarildi. Xizmat ko‘rsatish tariflarini umumiy iste’mol narxlari indeksining o‘sishidagi ta’sir ulushi 2019 yilning yanvar oyida 6,7 foizdan iyun oyida 20,8foizgacha ko‘tarildi. Ma’lumot uchun: shu o‘rinda umumiy iste’mol narxlari indeksining yillik o‘zgarishi tizimida, 2019 yilning iyunida o‘sish ta’siri oziq-ovqat mahsulotlari 7,1 f.d. yoki 52,2 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 3,8 f.d. yoki 27,9 foiz, aholi uchun pullik xizmatlar 2,7 f.d. yoki 19,9 foizni tashkil etdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oy davomida 1,8 foizga arzonlashganligi umumiy INI ko‘rsatkichining 0,9 f.d.ga pasayishini ta’minladi. 2019 yil boshidan ushbu guruh mahsulotlari narxi o‘rtacha 5,9 foizga qimmatlashdi. Yil davomida (2019 yil iyun oyi 2018 yilning iyun oyiga nisbatan) mazkur guruh mahsulotlari narxlari 16,3 foizga ko‘tarildi. Taqqoslash uchun: 2018 yilning iyunida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oy davomida 1,8 foizga arzonlashdi. 2018 yilning yanvar-iyun oylari davomida esa narxlar 4,7 foizga oshgan. Yillik tahlil natijalariga asosan (2018 yil may 2017 yil mayga nisbatan), oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishi sur’ati 19,4 foizni tashkil etgan.
2019 yil birinchi yarim yilligida oziq-ovqat mahsulotlarining umumiy narxlari 5,9 foizga ko‘tarilishiga qaramay, umumiy natijada ushbu davrning har bir oyidagi narxlar o‘sishi sur’atining sekinlashganligi bilan tavsiflanadi (joriy yil yanvar 2,8 foizdan may 0,5 foizgacha, joriy yil iyun oyida 1,8 foizga pasaydi). O‘tgan yilning dekabriga nisbatan oziq-ovqat masulotlari narxlari o‘zgarishi dinamikasi 2018 va 2019 yillarning I yarmida ham huddi shunday tendensiyaga ega: yanvardan maygacha narxlar o‘sishi kuzatilib (2018 yil may oyida 6,6 foizga va 2019 yilning may oyida 7,9 foizga o‘sdi), 2018 yilning iyunida 4,7 foizga va 2019 yilning iyunida esa 5,9 foizga pasaydi.
Yil davomida (o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan) oylik oziq-ovqat mahsulotlari narxlari tendensiyalari quyidagilarni ko‘rsatdi: agar 2018 yilning birinchi yarmida narxlarning ko‘tarilishi sezilarli ravishda pasaygan bo‘lsa (26,8 foizdan 19,4 foizga), 2019 yilning shu davrida umumiy tendensiyalar yuqoriligicha qolmoqda (14,1 foizdan 16,3 foizgacha). Shu bilan birga, narxlarning o‘sish darajasi 2019 yilning yanvar-iyun oylaridagi narxlarning o‘sishi 2018 yilning shu davriga qaraganda nisbatan past bo‘ldi.
Oziq-ovqat mahsulotlaridan narxlarning o‘sishi borasidagi yetakchilik joriy oy davomida alkogolsiz ichimliklar va go‘sht mahsulotlari (narxlar mos ravishda 1,4 foiz va 0,8 foiz), shuningdek spirtli ichimliklar va umumiy ovqatlanish (0,7 foiz) guruhiga tegishli bo‘ldi. Ma’lumot uchun: 2018 yilning iyun oyida yetakchi uchlik, non mahsulotlari (4,8 foiz), go‘sht mahsulotlari (4,3 foiz), spirtli ichimliklar (1,0 foiz)ni tashkil etgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, umumiy olganda joriy yilning iyun oyida tovar va xizmatlarning narxlar dinamikasiga ta’siri, bu oziq-ovqat mahsulotlari guruhidagi asosiy turdagi meva sabzavotlarning mavsumiyligi ta’siri ostida narxlarning pasayishi sodir bo‘ldi.
Oy davomida ko‘proq darajada pomidor (57,2 foiz) va bodring (52,1foiz) mahsulotlari narxlari pasaydi. Keyingi o‘rinlarda karam (36,3 foizga), tarvuz (22,1 foizga) va qovun (10,7 foizga) qayd etilgan. Shu bilan bir qatorda piyoz (31,1 foizga), sitrus mevalar (1,4 foizga), lavlagi (0,1 foizga) narxlarining o‘sishi kuzatildi.
2018 yilning dekabr oyiga nisbatan narxlarning o‘sishi bo‘yicha yetakchi o‘rinlar piyoz (2,1 baravardan ko‘proq), uzum (1,8 baravardan kamroq), nok (1,4 baravar) mahsulotlari narxlariga tegishlidir. Shu bilan bir qatorda, yarim yillik mobaynida bodring – 84,4 foizga, pomidor – 57,5 foizga, karam 10,1 foizga va kartoshka narxi 4,2 foizga arzonlashdi. Yil mobaynida boshqalarga qaraganda, piyoz (2,3 baravar), sabzi (1,8 baravar) va karam (1,5 baravar) mahsulotlari narxlari ko‘tarilgan.
Bu davrda sezilarli ravishda uzum va olma narxlari tushdi (26,2 foiz va 21,5 foizga).
Umuman olganda, 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida sut mahsulotlari 10,1 foiz, spirtli ichimliklar 8,4 foiz, non mahsulotlari, choy va boshqa mahsulotlar 5,2 foiz, go‘sht mahsulotlari 5,2 foiz, alkololsiz ichimliklar 4,0 foiz, yog‘ va moylar 3,1 foizga qimmatlashdi. yarim yillikda faqatgina tuxum narxlarning 5,6 foiz ga pasayishi qayd etildi.
Joriy yilning birinchi yarmida guruch 9,7 foizga, bug‘doy uni 3,6 foizga qimmatlashdi. yanvar oyida ushbu mahsulotlarning eng yuqori narxi mos ravishda 2,4 foiz va 1,6 foizga ko‘tarilgan. Ma’lumot uchun: 2019 yilning yanvar-iyun oylarida guruch narrxi boshqa xududlarga qaraganda Farg‘ona vodiysida (Andijon viloyatida – 12,8 foizga, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 11,3 foizga) ko‘tarildi. Narxlarning minimal darajadagi pasayishi Buxoro viloyatida (5,2 foizga) kuzatildi. Yarim yil davomida un mahsulotida o‘rtacha Respublika ko‘rsatkichidan (3,6 foiz) yuqori Toshkent shahrida (narxlarning o‘sishi 9,1 foizga), Surxondaryo va Toshkent viloyatlari bo‘yicha (narxlarning o‘sishi 7,2 foizga) ko‘tarildi.
Yil boshidan mol va qo‘y go‘shti narxlari teng miqdorda ko‘tarildi: qo‘y go‘shti 4,8 foiz, suyaksiz mol go‘shti 4,3 foiz, mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 4,2 foiz.
Ma’lumot uchun: Joriy yilning birinchi yarmida qo‘y go‘shti narxi sezilarli darajada Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘tarildi. Xuddi shu hududlarda suyaksiz mol go‘shti narxlarining (mos ravishda 6,5 foiz va 11,0 foiz) maksimal o‘sishi qayd etildi. Boshqa mol go‘shti, boshqa hududlarga qaraganda sezilarli darajada Samarqand (7,2 foiz) va Surxondaryoda viloyatlarida (7,3 foiz) qimmatlashdi. Aksincha, 2018 yilning dekabriga nisbatan parranda go‘shti va tuxum narxlari pasaydi. 2019 yilning birinchi yarmida bu oziq-ovqat mahsulotlarining oylik eng yuqori narxlarnig pasayishi aprel oyiga to‘g‘ri keladi (parranda go‘shti sonlardan tashqari 1,8 foiz, tuxum 3,1 foiz).
Ma’lumot uchun: joriy yilning yanvar-iyun oylarida hududlar bo‘yicha narx o‘zgarishi bir xil bo‘lmagan. Shunday qilib, ushbu davrda tovuq boldiri va son qismlari narxlari bir qator hududlarda 0,4 foizga pasayib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (3,2 foiz), Jizzax (1,7 foiz), Qashqadaryo (3,4 foiz), Navoiy (1,5 foiz), Samarqand (1,2 foiz), Surxondaryo (5,5 foiz), Toshkent (2,3 foiz) va Farg‘ona (1,0 foiz) viloyatlarida esa narxlar aksincha ko‘tarildi. 2019 yilning o‘tgan davrida bu mahsulot uchun eng past darajadagi narxlarning pasayishi Toshkent shahrida (7,2 foiz) kuzatildi. Boshqa parranda go‘shti narxi quyidagi 4 ta hududlarda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1,8 foiz), Samarqand (2,1 foiz), Surxondaryo (4,1 foiz), Toshkent (1,9 foiz) viloyatlarda ko‘tarildi. Boshqa hududlarda, aksincha, narxlar pasayishi kuzatildi (eng past ko‘rsatkich Xorazm viloyatida – 10,3 foiz). Yil boshidan tuxumning narxi Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 1,7 va 1,4 foiz ko‘tarildi, ulardan tashqari boshqa barcha viloyatlarda narxlarning pasayishi kuzatildi.
O‘tgan yarim yilda sut mahsuloti narxi 12,7 foizga oshdi. 2019 yilning birinchi besh oyi mobaynida narxlarning oylik o‘sishi 0,5 foizdan 5,5 foizgacha bo‘ldi, iyun oyida narxlarning 0,5 foizga pasayganligi qayd etildi, bunga sezilarli darajada mavsumiy omillar ta’sir ko‘rsatdi. Ma’lumot uchun: sut mahsulotlari narxlarining sezilarli darajada ko‘tarilishi Xorazm (21,4 foiz) va Qashqadaryo (18,6 foiz) viloyatlarida kuzatildi. Narxlarning eng past o‘sishi Toshkent viloyatida (2,3 foiz) qayd etildi. Joriy yilning mart oyidan iyuniga qadar oylik shakar mahsuloti narxining pasayishiga qaramasdan, 2019 yil iyun oyida shakarning narxi 2018 yilning yakuniga nisbatan 4,0 foizga oshgan.
Ma’lumot uchun: o‘rtacha Respublika narxlaridan baland ko‘rsatkichlar Namangan (8,5 foiz), Surxondaryo (7,4 foiz), Sirdaryo (4,9 foiz), Xorazm (7,7 foiz) viloyatlarida va Toshkent shahrida (4,2 foiz) qayd etilgan.
Yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishi bo‘yicha yetakchi uchlikni non mahsulotlari (25,3 foiz), meva-sabzavot mahsulotlari (18,6 foiz) va umumiy ovqatlanish (17,3 foiz) ni egallagan. 2018 yilning iyuniga solishtirilganda guruch 1,3 baravarga, sut – 25,6 foizga, un – 17,1 foizga, tuxum – 16.1 foizga, qo‘y go‘shti – 12,1 foizga, suyaksiz mol go‘shti – 8,6 foizga, boshqa turdagi mol go‘shti – 12,4 foizga, tovuq boldiri va son qismi – 11,5 foizga, boshqa turdagi parranda go‘shti – 13,5 foizga, shakar – 3,8 foizga qimmatlashdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari asosiy guruhlari narxlarining o‘zgarishi tahlili shuni ko‘rsatadiki, joriy yilning iyun oyida har bir guruh mahsulotlarining salmoq vaznini hisobga olgan holda, yig‘ma iste’mol narxlari indeksi ko‘rsatkichlarining ta’sir darajasi bo‘yicha yetakchilik meva-sabzavot mahsulotlari, oylik narxlarining 10,5 foiz pasayishi oqibatida umumiy ko‘rsatkichlarning 0,86 f.d.da pasayishiga olib keldi. Keyingi o‘rinlarni go‘sht mahsulotlari (0,09 f.d.) va non mahsulotlari (0,03 f.d.) egalladi.
Taqqoslash uchun: 2018 yilning iyun oyida umumiy ko‘rsatkichlarga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha yetakchilik meva-sabzavot mahsulotlari (-1,45 f.d.) va go‘sht maxsulotlari (0,44 f.d.) va yana non mahsulotlari (0,41 f.d.)ga tegishli bo‘lgan.
2019 yilning iyun oyining yig‘ma iste’mol narxlari indeksi tarkibining o‘tgan yilning dekabriga nisbatan solishtirilganda, meva-sabzavot mahsulotlari (0,66 f.d.) yetakchi o‘rinni egallagan. Keyingi o‘rinlarda ta’sir darajasining kamayishiga qarab, go‘sht mahsulotlari (0,55 f.d.), non mahsulotlari (0,43 f.d.) va sut mahsulotlari (0,34 f.d.) hisoblanadi. Taqqoslash uchun: 2018 yilning iyun oyida 2017 yilning dekabriga nisbatan umumiy ko‘rsatkichlarga ta’siri bo‘yicha yetakchilik go‘sht mahsulotlariga tegishli bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarni non mahsulotlari (0,68 f.d.) va meva-sabzavot mahsulotlari (0,36 f.d.) egallagan.
O‘zA