Vazirning yangi o‘rinbosari tanishtirildi
06/03/2019 - 14:09 6356
Bugun Iqtisodiyot va sanoat vazirligida yangi vazir o‘rinbosari tayinlanishi munosabati bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ko‘p yillar davomida Moliya vazirligi tizimida faoliyat ko‘rsatgan Anvar Karimov bundan buyon respublika hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun mas'ul etib tayinlandi. U rahbarlik qiladigan vazirlik tizimidagi tuzilma endilikda mamlakatimiz sanoat tarmoqlarining hududlar bilan izchil hamkorligining kuchayishiga xizmat qiladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ishtirok etdi hamda yangi vazir o‘rinbosarining vazifalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Vazirlik Axborot xizmati