Jahon banki vakili bilan uchrashuv

10/09/2018 - 16:42 6439

10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev Jahon banki missiyasining rahbari, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yetakchi iqtisodchi va ishchi guruhining rahbari Sergiy Zoryani qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilishni strategik va investitsion qo‘llab-quvvatlashga doir masalalar muhokama qilindi. M.Mirzayev qishloq xo‘jaligi tizimini isloh qilish borasida so‘z yuritib, tashrif buyurgan mehmonning e'tiborini bugungi kunda don, paxta, meva-sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish, ularni saqlash, logistika, realizatsiya va ayniqsa, eksport qilish yo‘nalishida modernizatsiya bo‘yicha aniq tizim ishlab chiqish zarurati mavjudligiga qaratdi.

Muloqot chog‘ida kelgusida bunday istiqbolli uchrashuvlarni yana tashkil qilib, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha konsultativ ishlarni davom ettirib, amaliy natijalarga erishish kelishib olindi. 

Uchrashuv qizg‘in va samarali o‘tdi.

Axborot xizmati