Istiqbolli uchrashuv

23/05/2018 - 17:54 6740

Bugun Iqtisodiyot vazirligida yurtimizda olib borilayotan siyosiy va iqtisodiy islohotlar bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Yevropa Ittifoqi ishchi guruhi (COEST) a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni vazirning birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev olib bordi.

Uchrashuv chog‘ida Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Yevropa Ittifoqi ishchi guruhining raisi Yu.Edtxofer o‘z nutqida Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston Respublikasini Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, taraqqiyot va mintaqaviy hamkorlikni ta'minlashda asosiy mamlakat sifatida e'tirof etishini alohida qayd etdi. Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning demokratik islohotlar va iqtisodiyotni liberallashtirish yo‘lida olib borayotgan say'-harakatlarini to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 

Axborot xizmati