Xalqaro press klubning navbatdagi ko‘rsatuvi Jizzax viloyatida bo‘ldi

07/08/2017 - 18:22 7959

"Jizzax - yangi mega-loyihalar manzili” mavzusidagi ko‘rsatuvda viloyat hokimi Ulug‘bek Uzoqov  hamda qator faollar tomonidan viloyatda amalga oshirilayotgan qator loyihalar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Press klub joriy yilda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qator yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarni keng muhokama qilayotgan teleloyiha bo‘lib, aynan u yerda ko‘tarilayotgan mavzular malkat rahbarining ham e'tirofiga sazovor bo‘lgan edi.

Bugungi bo‘lib o‘tgan tadbirda ham Jizzaxning yirik loyihalarni amalga oshirishdagi tajribasi, erishilayotgan natijalar bilan birga qator yo‘nalishlarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ham muhokama qilindi.  Ko‘rsatuv aholi bilan muloqot qilish formatida faoliyat yuritib, muallif Sherzod Qudratxo‘jayevning aytishicha qariyb 3 soat davom etgan teleloyihada rekord  darajadagi ko‘p savollar kelib tushgan.

Tomoshabinlar tomonidan aholi bandligini ta'minlash, yoshlar masalalari,  namunali uy-joylar qurilishi yo‘nalishidagi muammolar va rahbarlar tomonidan majlisbozliklarning ko‘payib ketayotganligi to‘g‘risidagi savollar kelib tushgan.

Viloyat hokimi va qator mutaxassislar tomonidan ushbu savollarga atroflicha javob berildi.

Tadbirkorlar tomonidan Jizzax viloyatining agrotexnik imkoniyatlari, yetishtiriladigan mevalar, eksport salohiyati, yetishtiriladigan ekinlar turlari, turizm istiqbollari mavzularida atroflicha fikrlar almashildi.

Xalqaro pres sklubning mazkur teleloyihasi "O‘zbekiston24” telekanali orqali  jonli efirda namoyish etildi.

Jizzax viloyat Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi