“Motamsaro ona” poyiga gulchambar qo‘yildi

10/05/2017 - 14:47 9720

Bundan 18 yil oldin O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tashabbuslari bilan mamlakatimizda 9-may sanasi Xotira va qadrlash kuni deb e'lon qilinib, poytaxtimiz Toshkent, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarda Xotira maydonlari barpo etilib, bu maydonlarda “Motamsaro ona” haykallari o‘rnatildi. Boshqacha aytganda, xotira va qadrlash degan, bir-birini to‘ldiradigan, o‘zaro bog‘langan ikkita ezgu tushuncha ayni shu nomda o‘zining yorqin ifodasini topdi va bu kun umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Shu kun yurtimizda, qishloq va shaharlarimizda, har bir oila va xonadonda kattayu kichik - barcha vatandoshlarimiz 9-may - Xotira va qadrlash kunini, Ulug‘ Vatan urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabani keng nishonlaydi. 

Har yili ayni shu kunlarda “Motamsaro ona” haykali poyi gullarga to‘ladi. Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan urush qatnashchilari, ota-onasi yoki yaqinlarini urushda yo‘qotgan oilalar vakillari bu yerga oshiqishadi, onaga ta'zim qilishadi, o‘tganlarni eslashadi.

9-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi rahbariyati va bir guruh xodimlari ham “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar va muqaddas xotira oldida ta'zim qildilar. 

Axborot xizmati