Anjuman qiziqarli, jonli va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.

17/05/2016 - 19:02 7909

Bugun poytaxtimizda joylashgan “Xalqaro biznes markazi”ning anjumanlar zalida O‘zbekiston mustaqil ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda qator hamkor tashkilotlar tomonidan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirishda OAVning roli va o‘rni” mavzusida respublika anjumani o‘tkazildi.

Anjuman qatnashchilari asosiy e'tiborni 11 ta asosiy ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan hamda ularni bajarishda qariyb 7,483 trillion so‘m va 194 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilgan mazkur davlat dasturining bugungi kundagi ijrosiga qaratishdi. Jumladan, ushbu dasturning bajarilishida OAVlar xodimlarining yanada faolligiga; ular tomonidan davlat dasturida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tayyorlangan materiallarning sifati hamda ular mazmun-mohiyatining qanchalik to‘liq va chuqur yoritilganligiga alohida urg‘u berish zarurligi ta'kidlandi.

Anjumanning ikkinchi qismida “Yilning eng faol axborot xizmati” tanlovining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.

Yurtimizning 80 dan ortiq markaziy va mahalliy OAVlari vakillari, hamkor tashkilotlar ishtirok etgan ushbu anjuman qizg‘in munozaralarga boy bo‘ldi. 

Vazirlik Matbuot xizmati