Energetika sohasi

04/03/2016 - 18:20 8399

Iqtisodiyot tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi hamda eksport reja-ko‘rsatkichlariga muvofiq, 2015 yilda respublikamizda 57,5 mlrd.kVt.s.dan ortiq (2014 yilga nisbatan 2,3 foizga ko‘p) elektr energiyasi ishlab chiqarildi va iste'molchilarga yetkazib berildi.

Bu borada bir qator investitsion loyihalarning yakunlanishi natijasida, jumladan, Toshkent IESda bug‘-gaz qurilmasining ishga tushirilishi hisobidan 370 MVt va Chorvoq GESini modernizatsiyalash hisobidan 15 MVt qo‘shimcha quvvatlar ishga tushirildi.

Ta'kidlash joizki, respublikamizda mavjud elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish, energosamarador bo‘lgan yangi elektr stansiyalarini qurish, past va yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash, shuningdek ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan qator investitsion loyihalar amaliyotga izchil tatbiq etilmoqda.

Bunday ishlab chiqarish quvvatlarining ortishi yurtimizda faoliyat yuritayotgan  tadbirkorlar va sanoat korxonalarining elektr energiyasiga bo‘lgan va kun sayin ortib borayotgan talabini qondirishga xizmat qiladi.