Ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

29/01/2016 - 16:30 8452

2016-yil 29-yanvar kuni Iqtisodiyot vazirligida «Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta'minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot bosh boshqarmalari, tuman va shahar iqtisodiyot bo‘limlarining vazifalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar avvalida, ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2016-yil 15-yanvarda bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma'ruzasi bilan batafsil tanishtirildi. So‘ng, tadbir qatnashchilarining e'tibori ushbu ma'ruzadan kelib chiqadigan topshiriq va vazifalarning mohiyatiga qaratildi.

Mazkur ilmiy-amaliy anjumanda:

- 2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish;

- Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

- Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

- 2015-2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish;

- 2015-2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish hamda 2016-2020-yillarda qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha hududiy bo‘linmalarning vazifalari batafsil ko’rib chiqildi.

Shuningdek, mazkur seminarda mintaqalarni rivojlantirish bo‘yicha strategiyalar va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishga uslubiy yondoshuvlar;

Investitsiyalar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, ishlarni tashkil etish va monitoringini yuritish metodikasi;

Aholi bandligi va ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, ishlarni tashkil etish va monitoringini yuritish metodikasi yuzasidan ham atroflicha tushuntirishlar berib o’tildi.