Ogohlik - davr talabi

30/11/2015 - 18:57 7996

Yaqinda vazirlikda markaziy apparat hamda Toshkent viloyati va Toshkent shahar Iqtisodiyot bosh boshqarmalari xodimlari ishtirokida navbatdagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir «Diniy ekstremizm, missionerlikning jamiyat, xususan yoshlar ma'naviyatiga ko‘rsatuvchi salbiy ta'siri va unga qarshi ma'rifiy kurashning yo‘llari» mavzusiga bag‘ishlandi. Unda Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti rektori Uyg‘un Gafurov tomonidan ma'ruza qilindi. Ma'ruzachi bugungi kunda insoniyatning eng global va dolzarb muammolaridan biri hisoblangan ushbu masala yuzasidan o‘z fikrlarini dalillar va raqamlar orqali aniq va keng ko‘lamda izohlab berdi.

Shu bilan birga, tadbirda “O‘zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan, bugun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan diniy ekstremizm qiyofasidagi terrorchi guruhlarning asl basharasini ochib berishga qaratilgan «OQ va QORA» («Белый и Черный») publitsistik-hujjatli telefilmidan ham lavhalar namoyish etildi.

Shu munosabat bilan tadbirga film ijodkorlari: loyiha muallifi, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazining mas'ul xodimi Said-Abdulaziz Yusupov, rejissyor Dilmurod Masaidov, boshlovchi-telejurnalist Abdukarim Mirzayevlar taklif etildi.

Tadbirda vazirlik xodimlari tomonidan ushbu dolzarb mavzu bo‘yicha berilgan savollarga ma'ruzachi hamda film ijodkorlari tomonidan tegishli tarzda javoblar berib o‘tildi.