Ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

03/11/2015 - 19:11 7473

Bugun Iqtisodiyot vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir” nomli asariga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda mazkur asarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy jihatlari, mohiyati, ularning bugungi izchil taraqqiyotimizdagi muhim ahamiyatlari va o’rni xususida O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi To‘lqin Eshbekov ma'ruza qildi.

Notiq, mazkur kitob haqida to‘xtalib, unda davlatimiz va jamiyatimizning hozirgi va kelgusi hayotiga bevosita daxldor bo‘lgan muhim konseptual fikrlar, g‘oya va qarashlar ilgari surilganini, muallifning biz uchun yangi tariximizning ajralmas qismi bo‘lib qoladigan nutq va ma'ruzalarini atroflicha o‘rganish, tahlil qilish, keng jamoatchilikka, avvalambor, yoshlarimizga yetkazish dolzarb ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidladi.

Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tkazilgan tadbirda mazkur asarning nashr etilishi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida muhim  ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o’tildi.