“TELA TEXTILE” qo‘shma korxonasi samarali faoliyat ko‘rsatmoqda
19/03/2015 - 20:30 11994
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6-yanvardagi “Surxondaryo viloyatida sanoat, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha 2014 yilda yangi loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 01-02/03-13-12 sonli yig‘ilish bayoniga asosan, o‘tgan yilda “Asaka” respublika tijorat banki tomonidan 14,8 mlrd.so‘mlik kredit mablag‘i hisobiga xorijda ishlab chiqarilgan texnologiyalar asosida “Tela Textile” qo‘shma korxonasi barpo etilgan edi. Bu yerda hozirda bo‘z, mitkal va satin matolari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 100 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Yana bir muhim tomoni shundaki, ushbu korxona ishga tushirilishi uning atrofida zamonaviy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining yaratilishiga zamin yaratdi.
Korxona mahsulotlari ayni paytda “O‘zinterimpeks” DATSK va “O‘ztadbirkoreksport” ITSK tashqi savdo kompaniyalari orqali chetga eksport qilinmoqda.
2016 yilda “Tela Textile” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan matolarni bo‘yash(gul bosish) sexini tashkil etish belgilangan.