Navoiy viloyatida sanoat yo‘nalishida islohotlar izchil davom etmoqda
16/03/2015 - 18:45 8039
Tabiiy boyliklari va o‘zining sanoat salohiyati bilan tanilgan Navoiy viloyatida yildan-yilga qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Boisi, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini yaxshilash hamda kichik biznes sub'yektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash natijasida viloyatda katta yutuqlarga erishilmoqda. Xususan, “Navoiy viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishi” dasturiga asosan, 2014 yilda qiymati 157,1 mlrd. so‘m o‘z mablag‘lar va bank kreditlari hamda va 700 ming dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi evaziga 231 ta loyihalar foydalanishga topshirilib, natijada 6,1 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Misol uchun, Navoiy shahrida “Ishonch gilam” QK tomonidan 4,5 mlrd so‘m (shundan, 4,1 mlrd so‘mi bank krediti) miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtirilishi evaziga yiliga 600 ming kv.m. gilam ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy rusumdagi Belgiya va Turkiya davlatlarida ishlab chiqarilgan texnologik liniya olib kelindi va o‘rnatildi hamda qo‘shimcha 52 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Shuningdek, “Navbahor tekstil” CHEKda loyiha qiymati 10,5 mlrd. so‘m (shundan 1,4 mlrd.so‘m bank krediti) mablag‘lar o‘zlashtirilishi evaziga yiliga 5,4 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash quvvati ega zamonaviy “Riteer” rusumdagi Shvetsariya davlatida ishlab chiqarilgan texnologik liniya olib kelindi va o‘rnatildi hamda qo‘shimcha 200 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Ushbu ishlarning davomi sifatida, viloyatda 2015 yilda qiymati 193,0 mlrd. so‘mlik o‘z mablag‘lar va bank kreditlari hamda 5569 ming dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi evaziga 263 ta (64 ta oziq-ovqat, 110 ta qurilish materiallari, 9 ta mashinasozlik va texnik mahsulotlar ishlab chiqarish, 80 ta yengil sanoat va boshqa nooziq-ovqat mahsulotlar) loyihalar amalga oshirilishi hamda 4863 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.