Optik tolali aloqa liniyasini tashkil etish
06/03/2015 - 20:18 13220
Iqtisodiyot vazirligi uchun ma'lumotlar uzatish va korporativ tarmoqning texnik imkoniyatlarini yaratish masalalari (optik tolali aloqa liniyasini tashkil etish) bo`yicha O`zbekiston respublika tovar xomashyo birjasining Davlat xaridlari bo`yicha elektron savdolar tizimida tegishli e'lon (ariza) berilgan.
Savdo O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 11 iyundagi "Davlat va korporativ xaridlar jarayonini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 166-sonli qaroriga muvofiq o'tkaziladi.
Savdoda qatnashish istagida bo`lgan firma va tashkilotlar (yetkazib beruvchilar) uchun:
Elektron savdolar tizimidagi tegishli lot raqami - 3377298
Elektron savdoning tugash muddati - 05.04.2015y.
Mazkur masalalar bo`yicha batafsil ma'lumot olish uchun (+99871) 232-63-13 (Karimov O.) raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.