Samarqand viloyatida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar
22/09/2022 - 10:36 1874
1126 ta mahallaga hokim yordamch”lari tayinlandi.
Yil boshidan 732,8 mingta xonadon xatlovdan o‘tkazildi. Ularning:
- 145 mingtasi (19,8 %) birinchi toifa (daromadi kam, ishsiz a’zolari bo‘lgan, o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek, daromad topishga, kasb o‘rganishga harakat qilayotgan) ehtiyojmand xonadonlar;
- 173,6 mingtasi (23,7 %) ikkinchi toifa (doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor) o‘rta xonadonlar;
- 60,7 mingtasi (8,3 %) uchinchi toifa (nogironligi bor va kasal a’zolari bo‘lgan,boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar) ehtiyojmand xonadonlar;
- 353,5 mingtasi (48,2 %) to‘rtinchi toifa (iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar) namunali xonadonlar.
Xatlov natijalariga ko‘ra:
- 161,9 ming nafar fuqarolarning ishlash istagi borligi;
- 18,2 ming nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qimoqchi ekanligi;
- 18,4 ming nafarining tadbirkorlik bilan shug‘ullanish xohishi borligi aniqlandi.
Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun fuqarolar tomonidan 50 ming 273 ta muammo va takliflar bildirildi.
Jumladan, ularning:
- 4 ming 874 tasi yer va bino-inshootlar;
- 12 ming 651 tasi kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish;
- 11 ming 34 tasi kredit mablag‘lari ajratish;
- 535 tasi litsenziya bilan bog‘liq;
- 21 ming 179 tasi boshqa sohalardagi muammolarni tashkil etadi.
Tomorqa egalarining 3 ming 817 tasi kooperatsiya asosida ishlashga, 3 ming 809 tasi subsidiya asosida issiqxona qurib berish, 5 ming 271 tasi boshqa yo‘nalishlarda daromadga ega bo‘lish, 34 ming 182 ta xonadon vakillari tomonidan 6 ming 302 gektar yer maydoni olishgi istaklari borligini bildirdi.
Hokim yordamchilarining sa’y-harakatlari bilan joriy yilning 8 oyida:
mehnatga layoqatli, ishlash istagi mavjud 197 ming 239 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Ulardan:
49 ming 271 nafar fuqaro doimiy ish joylariga joylashtirildi;
10 ming 660 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi;
98 ming 378 nafar fuqaro o‘zini-o‘zi band qilishiga ko‘maklashildi;
29 ming 678 nafar fuqaro ijara asosida yer ajratish hisobiga bandligi ta’minlandi.
Bandlik boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagi mavjud 21 ming 467 nafar fuqaro o‘qitildi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 25 ming 531 nafar fuqarolarga 578,6 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit, shuningdek, 3 ming 836 nafar ishsiz, kam ta’minlangan aholiga 6,7 mlrd so‘m subsidiya ajratildi.
Hokim yordamchilari tomonidan qo‘shimcha daromad manbayini shakllantirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida:
2 ming 305 ta inkubator;
1 mln 203 ming bosh parranda;
2 ming 725 bosh qoramol;
65 ming 424 bosh qo‘y va echki;
14 ming 839 bosh quyon;
16 ming 249 ta asalari uyasi;
2 ming 133 ta issiqxona;
437 ming 493 ta tup mevali daraxt ko‘chati kamta’minlangan, ishsiz va himoyaga muhtoj aholi xonadonlariga tarqatildi.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida 16 ming 854 ta kichik biznes subyektlari, jumladan, 7 ming 780 ta kichik biznes va 9 ming 074 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.
2022-yil 1-sentabr holatiga hokim yordamchilari tomonidan:
994 ta kichik ishlab chiqarish, 2 ming 186 ta kichik xizmat ko‘rsatish va 131 ta ko‘p qavatli uy-joylar yerto‘lasini ijaraga berish orqali savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil etildi.
527 ta tadbirkorning faoliyati kengaytirilib, 432 ta korxona quvvati tiklandi, 193 ta bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanish uchun tashabbuskor fuqarolarga ko‘maklashish orqali tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida qishloq joylaridagi mahallalarda hokim yordamchilari ko‘magida:
3 ming 584 km ariqlar tozalandi;
7 ming 354 ta oilani suv bilan ta’minlash maqsadida 1 ming 208 ta vertikal sug‘orish quduqlari o‘rnatildi.
2 ming 322 km qishloq yo‘llari shag‘allashtirildi;
1 ming 289 km yo‘llarga asfalt yotqizildi;
137 km piyodalar yo‘lagi qurildi;
728 ta transformator, 17 ming 679 ta simyog‘och va 16 ming 719 ta tungi chiroq yangisiga almashtirildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati