BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

01/08/2022 - 09:42 2850

Joriy yilning 29-iyul kuni BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi va bir qator kelishuvlarga erishdilar.

Jumladan hokim yordamchilari institutini va Аgentlik funksional salohiyatini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shma harakatlar yo‘nalishlari ko‘rib chiqilib, aniq rejalar belgilanib olindi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama Ishchi guruh tashkil etish taklifi maʼqullandi. Ishchi guruh tadbirkorlik sohasida raqamlashtirish, gender va aholini tadbirkorlikka jalb qilish sohalaridagi BMT Taraqqiyot dasturi ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarni ishlab chiqadi.