Jizzax viloyati misolida 16-may holatiga hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest
28/06/2022 - 10:01 2474
Jizzax viloyatida 299 ta mahallalarga “hokim yordamchi”lari tayinlangan.
Bugungi kunda 241 ming 357 ta xonadonlar to‘liq (100 foizi) xatlovdan o‘tkazildi.
Xatlovda mazkur xonadonlarning:
- 61 ming 368 tasi (26,0 foiz) “namunali”;
- 152 ming 597 tasi (63,8 foiz) “o‘rta”;
- 27 ming 356 tasi (11,3 foiz) “ehtiyojmand” xonadon toifasiga kiritildi.
Xatlov natijalariga ko‘ra:
18 ming 598 nafar fuqaroning ishlash istagi borligi;
4 ming 069 nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qimoqchi ekanligi;
11 ming 835 nafari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish xohishi borligi aniqlandi.
Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun fuqarolar tomonidan
11 ming 835 ta muammo va takliflar bildirildi.
Jumladan:
- 678 tasi yer;
- 412 tasi bino va inshootlar;
- 5 ming 347 tasi kredit olish;
- 1 ming 396 tasi yo‘l va kommunikatsiya;
- 912 tasi boshqa masalalarni tashkil etadi.
Ushbu xonadonlarda 61 ming 982 nafari mehnatga layoqatli ishsizlar aniqlanib, ularning 18 ming 598 nafari ishlash istagini, 4 ming 069 nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagini hamda 11 ming 835 nafari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirishdi.
Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish istagini bildirgan 18 ming 277 ta subyektlarning 531,2 mlrd.so‘m kreditga ehtiyoji mavjudligi aniqlandi.
Shuningdek, tomorqa egalarining 801 tasi kooperatsiya asosida ishlashga, 530 tasi subsidiya asosida issiqxona qurib berishga hamda 1 ming 211 tasi boshqa yo‘nalishlarda daromadga ega bo‘lish, 679 ta xonadon vakillari tomonidan 22,8 gektar yer maydoni olish istaklari borligini bildirdi.
Hokim yordamchilarining sa’y-harakatlari bilan:
ishlash istagini bildirgan 18 ming 598 nafardan 10 186 nafarining bandligi ta’minlandi;
kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagini bildirgan 5 ming 93 nafar fuqarolar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilmoqda;
kredit olishga ehtiyoji mavjud 3 ming 188 nafar fuqarolarga kredit mablag‘lari ajratish uchun tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda;
201 nafar fuqarolarga subsidiya asosida issiqxona qurib berish bo‘yicha ta’minotchilar tomonidan issiqxonalarni qurish ishlari boshlandi.
Bundan tashqari, har bir mahalladan 1 nafar fuqaroga 1 donadan, jami 300 ta inkubator uskunasi tarqatildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati