Joriy yilning 1–20-iyun kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot
22/06/2022 - 12:34 2660
Ushbu davr mobaynida bozorda qovun 4 000 so‘mga, pomidor (qizil) 3 000 so‘mga, tarvuz 2 500 so‘mga, kartoshka (yangi hosil) 2 250 so‘mga, baqlajon 2 000 so‘mga, pomidor (pushti) 1 000 so‘mga, piyoz (yangi hosil) 800 so‘mga, lavlagi va guruch (lazer) 750 so‘mga, karam, bodring, guruch (alanga) 500 so‘mga va kartoshka (import) 250 so‘mga arzonlagan.
Shu bilan birga, apelsin 4 000 so‘mga, mandarin 2 500 so‘mga va sarimsoq piyoz 1 500 so‘mga oshgan.
Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yilning 1–20-iyun kunlari umumiy qiymati 71,8 mln AQSH dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,8 mln AQSH dollar kam) jami 136,4 ming tonna (0,6 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Xususan, mazkur davrda 38,9 ming tonna tarvuz, 21,3 ming tonna piyoz, 11,3 ming tonna pomidor, 9,5 ming tonna olxo‘ri, 7,5 ming tonna gilos, 7,2 ming tonna sabzi, 4,2 ming tonna olma, 3,5 ming tonna mosh, 3,3 ming tonna loviya, 2,6 ming tonna o‘rik, 2,1 ming tonna lavlagi, 2,2 ming tonna qovun va 1,3 ming tonna ko‘kat tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.
Shuningdek, ushbu davr mobaynida 28,2 mln AQSH dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,2 mln AQSH dollar ko‘p) qiymatdagi jami 25,8 ming tonna (2,7 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 19,4 ming tonna kartoshka, 2,5 ming tonna banan, 507 tonna apelsin, 385 tonna olma, 142 tonna kivi va 105 tonna mandarin import qilingan.
Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1–20-iyun kunlari hududlardan jami 20,9 ming tonna, xususan, 7,9 ming tonna kartoshka, 8,4 ming tonna piyoz, 749 tonna karam va 3,8 ming tonna sabzi keltirilgan. Xususan, hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda:
Toshkent viloyatidan 2 497 tonna, Namangandan 1 590 tonna, Surxondaryodan 592 tonna va Samarqanddan 862 tonna kartoshka;
Toshkent viloyatidan 4 554 tonna va Surxondaryodan 3 851 tonna piyoz;
Toshkent viloyatidan 749 tonna karam;
Toshkent viloyatidan 1 003 tonna, Andijondan 561 tonna, Surxondaryodan 503 tonna, Sirdaryodan 390 tonna, Jizzaxdan 356 tonna, Buxorodan 326 tonna, Qashqadaryodan 303 tonna, Xorazmdan 254 tonna va Farg‘onadan 130 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.
Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Pokistondan 2 227 tonna va Afg‘onistondan 172 tonna kartoshka keltirilgan.
Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1–20-iyun kunlari jami 291,9 tonna, shu jumladan, 254,7 tonna mol go‘shti va 37,2 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati