O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Xitoy kambag‘allikni qisqartirish Xalqaro markazi o‘rtasida 2022–2023-yillarga mo‘ljallangan kambag‘allikni qisqartirish hamkorlik dasturi imzolandi
26/05/2022 - 18:43 2373
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Xitoy kambag‘allikni qisqartirish Xalqaro markazi o‘rtasida 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan kambag‘allikni qisqartirish hamkorlik dasturi imzolandi.
Mazkur dastur 2021-yil 19-oktabrdagi vazirlik va markaz o‘rtasida imzolangan Anglashuv Memorandumi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi o‘zaro amaliy hamkorlik, shu bilan birga Xitoy tajribasini O‘zbekiston misolida qo‘llashni o‘z ichiga oladi.