OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E’LON QILADI
01/04/2022 - 17:07 3842
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish
2022-yil 31-martdan – 9-aprelgacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy kabineti yoki telefoni orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti oʻtgandan soʻng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
DAVLAT INVESTITSIYA SIYOSATINI SHAKLLANTIRISH BOSHQARMASI
Bosh mutaxassis vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yoki Xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohalarida oliy maʼlumotga ega bo‘lish.
- Umumiy 5 yil, soha bo‘yicha davlat boshqaruv organlarida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lish.
- Investitsiya loyihalarini tahlil va ekspertiza qilish bo‘yicha tajriba mavjudligi;
- Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati (MS Excel, MS Office, MS Power Point).
- Kreativ, tanqidiy, strategik va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
- Jamoada ishlash, masʼuliyatli, mehnatsevar, fidoyi, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lish.
- O‘zbek tilini mukammal bilishi lozim, shuningdek, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan, IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 5-6 ball), nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarda tahsil olgan hamda davlat organlarida mehnat faoliyatini olib borgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.
Vazifalar:
- Umumiy iqtisodiy bilimlar;
- Investitsiya sohasi va rejalashtirishni chuqur bilishi va xorijiy tajribani o‘rganganlik darajasi;
- Faoliyat doirasida manfaatdor vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy hokimiyat organlari bilan maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash;
- Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini doimiy ravishda yangilab borish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
- Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qarorlarini va boshqa meʼyoriy hujjatlarni o‘rganib borish va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish;
- Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish;
- Sohadagi yangiliklarga intilish, tashabbus ko‘rsatib borish;
- Hisobot va maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini taʼminlash;
- Boshqarma faoliyatiga oid yangiliklar, fikr va mulohazalarni ommaviy axborot vositalarida kuzatib borish, zarur hollarda ularni to‘plash;
- Vakolat doirasida rahbariyat tomonidan yuklatiladigan boshqa topshiriqlar ijrosini taʼminlash.
ISHLAR BOSHQARMASI
Bosh mutaxassis vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Oliy ma’lumotli, iqtisodiyot (hududiy iqtisodiyot, tarmoqlar iqtisodiyoti) sohasida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni xarajatlar smetasidagi moddalar bo’yicha tahlil qilish;
- Qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish
va buning asosida tahliliy ma’lumot tayyorlash, ish jarayonini samarali boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; - Jamoada ishlash, boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilishi. Shuningdek, boshqa chet (fransuz, nemis, yapon, xitoy, koreys) tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Iqtisodiy taraqqiyot vazirligiga tegishli bo‘lgan barcha tashkiliy masalalarni operativ hal qilish;
- Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi rahbariyati tomonidan beriladigan qo‘shimcha topshiriqlar ijrosini ta’minlash;
- Xizmat faoliyatiga oid ma’lumotlar bazasini hamda Vazirlikning yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
- Elektron hujjat aylanish tizimi orqali boshqarmaga kelib tushgan hujjatlar ijro holatini tizimli tahlil qiladi hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari bilan birgalikda xodimlar tomonidan bajarilishini tashkil etadi;
- Boshqarma faoliyati samaradorligini tahlil qiladi va baholaydi.
XALQARO TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIK BO‘LIMI
Bosh mutaxassis vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumotga, Davlat boshqaruvi organlarida kamida 5 yillik, xalqaro aloqalar yo‘nalishida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- Iqtisodiyot, moliya, soliq, shuningdek, bank ishi yo‘nalishlarida oliy maʼlumotga ega bo‘lishi (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi);
- Xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumatlar moliyaviy tashkilotlarining umumiy va O‘zbekistondagi faoliyati to‘g‘risida to‘liq tushunchasi bo‘lishi;
- O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilishi. Shuningdek, boshqa chet (fransuz, nemis, yapon, xitoy) tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
- Qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish va buning asosida tahliliy maʼlumot tayyorlash, ish jarayonini samarali boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lish va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olishi.
- Kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini mukammal bilish;
- Halollik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
Vazifalar:
- Xalqaro tashkilotlar bilan ishchi aloqalarni o‘rnatadi, olib boradi, maʼlumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yadi, doimiy o‘zaro hamkorlikni taʼminlaydi;
- Xalqaro tashkilotlar yordamida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha operativ va tahliliy maʼlumotlarni muntazam ravishda to‘playdi, tahlil qiladi va hisobot tayyorlaydi;
- Xalqaro tashkilotlar loyihalar portfeli yuzasidan tahliliy maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, bu borada barcha tegishli vazirlik va idoralar, loyihani amalga oshirish guruhlari bilan hamkorlik qiladi;
- Xalqaro tashkilot vakolatxonalarining tashriflarini kelishadi va tayyorlaydi, ularning tashriflarini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi;
- Yuqori va ishchi tartibdagi uchrashuvlarni tashkil etishda ishtirok etadi, kerakli maʼlumotlarni tayyorlaydi, lozim bo‘lganda uchrashuvlarda ishtirok etadi;
- Xalqaro tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishda ishtirok etadi, natijasi bo‘yicha hisobotni tayyorlaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi rahbarlari tomonidan o‘tkaziladigan uchrashuvlar natijalari bo‘yicha bayonnoma loyihalari, memorandumlar, eslatmalar tayyorlaydi;
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi rahbariyati tomonidan berilgan boshqa topshiriqlarni o‘z vakolati doirasida bajaradi.