Andijon viloyati misolida birinchi chorak uchun hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest

31/03/2022 - 18:33 2783

887 nafar hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshladi.

588 ming 230 ta xonadonlarning 100 foizi xatlovdan o‘tkazilib, xonadonlar 4 toifaga ajratildi.

  • 43 042 ta xonadon birinchi toifaga (daromadi kam, ishsiz a’zolari bo‘lgan, o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek, daromad topishga, kasb o‘rganishda harakat qilayotgan xonadonlar, 7 foiz);
  • 362 454 ta xonadon ikkinchi toifa (doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor xonadonlar, 62 foiz);
  • 40 201 ta xonadon uchinchi toifaga (nogironligi va kasal a’zolari bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar, 7 foiz);
  • 142 583 ta xonadon to‘rtinchi toifaga (iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar, 24 foiz) kiritildi.

  Xatlovlar natijalariga ko‘ra:

“Onlayn-mahalla” platformasiga 588 ming 230 ta xonadon (100 foiz) kiritilgan.

Shundan,

  • 135 ming 843 nafar ishlash istagi bor mehnatga layoqatli ishsizlar;
  • 5 ming 520 nafar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagi mavjud fuqarolar;
  • 11 ming 30 nafar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar;
  • 19 ming 957 nafar kredit olishga istagi bo‘lgan fuqarolar;
  • 6 ming 209 nafar kooperatsiya asosida ishlash istagi bo‘lgan fuqarolar;
  • 2 ming 124 nafar subsidiya asosida ishlash istagi bor xonadonlar aniqlangan.

 Hokim yordamchilarining sa’y-harakatlari bilan:

 Mehnatga layoqatli, ishlash istagi mavjud 44 ming 614 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

Xususan,

- 29 ming 367 nafar fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashildi;

- 2 ming 62 nafar fuqaro dehqon xo‘jaliklari faoliyati bilan band qilindi;

- 2 ming 288 nafar fuqaro ijtimoiy sohaga (maktab, bog‘cha, sog‘liqni saqlash) jalb qilindi;

- 5 ming 809 nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb qilindi;

- 1 ming 178 nafar fuqaro qurilish obyektlariga jalb qilindi;

- 1 ming 289 nafar fuqaro iqtisodiy tashkilotlarga jalb qilindi;

- 4 ming 673 nafar fuqaro boshqa sohalarga, kichik biznesga jalb qilindi.

Bundan tashqari, yil boshidan haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinganlar soni 3 ming 104 nafar fuqaroni tashkil etadi.

 Kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagi mavjud 5 ming 520 nafar fuqarodan 1 ming 920 nafari:

  • Bandlik boshqarmasi;
  • Savdo-sanoat palatasi;
  • Tadbirkorlik asoslari maktabi;
  • Oliy biznes maktabi;
  • nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘qitilmoqda.

 Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida viloyat uchun jami 855 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratish belgilangan.

Bugungi kunda 9 ming 737 ta fuqaroga 308,4 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari uchun ijobiy xulosalar berilgan.

Shundan,

Tijorat banklari tomonidan 2 ming 26 ta fuqaroga 43,6 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari chiqarilgan.

  • Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlariga jami 1 075 ta loyihaga 23,7 mlrd so‘m:

- Issiqxona va bog‘dorchilikni rivojlantirish uchun 8,8 mlrd so‘m;

- Baliqchilikni tashkil etish uchun 53 mln so‘m;

- Parrandachilikni tashkil etish uchun 1,3 mlrd so‘m;

- Quyonchilikni tashkil etish uchun 747 mln so‘m;

- Asalarichilikni tashkil etish uchun 2,2 mlrd so‘m;

- Qoramolchilikni tashkil etish uchun 3 mlrd so‘m;

- Qo‘ychilikni tashkil etish uchun 7,5 mlrd so‘m;

  • Xizmat ko‘rsatish sohasiga jami 255 ta loyihaga 4 mlrd so‘m;
  • Ishlab chiqarish uchun jami 696 ta loyihalarga 15,7 mlrd so‘m;

 Paxta va g‘alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida dehqon xo‘jaligi tashkil etish maqsadida 4 ming 393 gektar yer maydonlari 43 585 ta lotlarga ajratilib, “e-auksion” tizimi orqali sotish belgilangan.

Hozir kunda,

33 ming 86 ta lotlarga ajratilgan 3 ming 326 gektar yer maydonlari (76 foiz) aholi xonadonlari tomonidan “e-auksion” tizimi orqali sotib olinib, poliz mahsulotlarini ekish ishlari olib borishmoqda.

1 ming 67 gektar yer maydoni 10 ming 499 ta lotlar auksion savdolariga maydonchasiga qo‘yilgan.

Shuningdek, viloyatda 2022-yilda aholi bandligini ta’minlashda subsidiyalarning ajratilishi: 887 ta mahallalarda bandlik jamg‘armasi hisobidan barcha yo‘nalishlarda 62 mlrd 113 mln so‘m subsidiyalar ajratilishi hisobiga 43 ming 976 nafar ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Viloyat bo‘yicha jami 238 ta mahallalarda 22 ming 339 bosh parranda xonadonlarga tarqatildi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati