Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha intervyu
24/03/2022 - 11:30 3383
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash masalalari - Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning doimiy e’tibori va alohida nazorati ostida. Bugun davlat rahbari bu borada navbatdagi yig‘ilish o‘tkazdi va muhim chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Xususan, iqtisodiy kompleks rahbarlari oldiga jahon iqtisodiyotidagi vaziyatning salbiy ta’sirini kamaytirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, inflyatsiyani jilovlash, iste’mol bozorida narxlar barqarorligini ta’minlash, investitsiyalar, eksport va boshqa sohalarga doir qator vazifalar qo‘yildi.
Ushbu topshiriqlar haqida batafsil ma’lumotni Bosh vazir o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov, moliya vaziri Timur Ishmetov, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov bergan intervyulardan bilib olishingiz mumkin.