OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI
08/01/2022 - 09:58 3596
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish
2022 yil 8-yanvardan 17-yanvargacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 2-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (10 ta mezon boʻyicha har biri 1-10 balldan, eng yuqori 10, eng past 1 ball), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo’yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy elektron pochtasi yoki telefoni orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA XAVFSIZLIGI BOSHQARMASI
bosh mutaxassis vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Axborot texnologiyalari yoki axborot xavfsizligi sohasi bo‘yicha lavozimda kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini joriy etish yuzasidan texnik topshiriqlar ishlab chiqish bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi;
- Dasturlash tillarini mukammal bilishi, dasturlash sohasida quyidagilar bo‘yicha kamida 2-3 yillik tajribaga ega bo‘lishi:
Frontend (tashqi interfeys) dasturlash:
HTML5, CSS3, Bootstrap, Materialize, Foundation va boshqa CSS freymvorklar, JavaScript, React, jQuery kutubxonasi va uning elementlari, Angular, Gulp, WebPack va boshqalar.
Backend (xizmatning apparat va dasturiy ta’minot qismi) dasturlash:
PHP, Yii2 va Laravel frameworklari, Python va boshqalar.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari:
MySQL, PostgreSQL.
Mobil ilovalar ishlab chiqish:
iOS, Android.
- Axborot tizimlari va veb-saytlar uchun boshlang‘ich dizayn (veb-dizayn, infografika) tayyorlash bo‘yicha amaliy bilim, malakaga va kamida 2-3 yillik tajribaga ega bo‘lishi;
- Serverlarni o‘rnatish va boshqarish bo‘yicha amaliy bilim va malakaga ega bo‘lishi (Linux – Ubuntu/CentOs, Web serverlar Apache, Nginx va boshqalar);
- Axborot tizimlarini integratsiya qilish (API tayyorlash) bo‘yicha amaliy bilim va malakaga ega bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining respublikada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarga oid farmon va qarorlari bilan belgilangan vazifalardan xabardor bo‘lishi;
- Ish jarayonini samarali tashkil etish, dasturchilar va administratorlar bilan bir jamoa bo‘lib ishlash, mantiqiy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
- O‘zbek tilini mukammal, ingliz va rus tillarida axborot texnologiyalari terminologiyalarini yuqori darajada bilishi.
Izoh: Nomzod o‘zi tomonidan mustaqil amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha portfolio taqdim etishi lozim.
Vazifalar:
- Umumiy iqtisodiy bilimlar;
- Investitsiya sohasi va rejalashtirishni chuqur bilishi va xorijiy tajribani o‘rganganlik darajasi;
- Faoliyat doirasida manfaatdor vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy hokimiyat organlari bilan maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash;
- Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini doimiy ravishda yangilab borish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
- Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qarorlarini va boshqa meʼyoriy hujjatlarni o‘rganib borish va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish;
- Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish;
- Sohadagi yangiliklarga intilish, tashabbus ko‘rsatib borish;
- Hisobot va maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini taʼminlash;
- Boshqarma faoliyatiga oid yangiliklar, fikr va mulohazalarni ommaviy axborot vositalarida kuzatib borish, zarur hollarda ularni to‘plash;
- Vakolat doirasida rahbariyat tomonidan yuklatiladigan boshqa topshiriqlar ijrosini taʼminlash.
KORRUPSIYAGA QARSHI ICHKI NAZORAT BO‘LIMI
Bo‘lim boshlig‘i vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimiga quyidagilar talab qilinadi:
yuridik faoliyat bo‘yicha oliy ma’lumot;
mehnat faoliyati bo‘yicha kamida 5 yil ish stajiga ega, shundan kamida 2 yil rahbarlik lavozimida ishlagan;
tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda normativ-huquqiy hujjat va ularning loyihalarini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o’tkazish sohasida ishlagan;
davlat tilini mukammal bilishi;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan a’lo darajada foydalana bilish;
tezkor qaror qabul qilish va uni amalga oshira olish.
Nazorat bo‘limi boshlig‘iga qo‘yiladigan shaxsiy fazilatlar:
tahliliy va muqobil fikrlash;
tashabbuskorlik;
bozor talablarini hisobga olgan holda professional ishbilarmonlik;
burch va javobgarlik hissi;
prinsipiallik, halollik, odoblilik;
jamoada ijobiy munosabatlarni yaratish qobiliyati;
yangi, ilg‘or tajribalarni ko‘ra olish, qo‘llab-quvvatlash va ishda qo‘llay olish qobiliyati;
tanqidni ko‘tara olish.
Vazifalar:
- Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish;
- Vazirlikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
- Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish.
RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH UCHUN SHAROITLAR YARATISH VA RAG‘BATLANTIRISH DEPARTAMENTI
- Raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt dasturlari tahlili va monitoringi loyiha ofisining loyiha rahbari lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Loyiha ofisi rahbari lavozimiga iqtisodiyot yoki texnik yo‘nalishda oliy maʼlumotga ega bo‘lishi (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi).
- Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt dasturlariga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bogʻliq sohalarda 5 yildan kam boʻlmagan mehnat tajribasiga ega boʻlishi;(xalqaro va xorijiy tashkilotlarda faoliyat yuritgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi);
- Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt dasturlariga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish va joriy etish boʻyicha idoralar aro kengashning ishchi organi faoliyatini tashkil etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
- Iqtisodiy tahlil malaka va ko‘nikmasiga ega, xususan raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalari faoliyatga doir masalalar yuzasidan zaruriy axborot-tahliliy ma’lumotlarni sifatli tayyorlay olishi, ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish va boshqaruvchilik qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- davlat tili, rus va ingliz tillarini bilishi, shu jumladan, hujjatlar tayyorlashda oʻzbek tili va rus tilining Grammatik va leksik vositalaridan toʻgʻri foydalana olish, boshqa xorijiy tillarni bilishi ijobiy tasniflanadi.
Vazifalar:
– Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt dasturlariga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishning parametrlarini tahlil qilish va prognozlashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish, ushbu sohalarda bozor mexanizmlarini joriy qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
– Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari yoʻnalishlaridagi vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda xalqaro standart talablarga javob beradigan raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt dasturlariga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish texnologiyalarni joriy etish;
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan statistik hisobot va hisobot berish metodologiyasini takomillashtirish;
– Loyiha ofisi vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha quyi tuzilmalarga maslahat va metodik yordam koʻrsatish;
– raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt texnologiyalarini huquqiy va institutsional asoslarni takomillashtirish;
– raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha prognoz va kutilayotgan ko‘rsatkichlarni shakllantirish.
- 2. Рақамли iqtisodiyotni rivojlantirish, sunʼiy intellekt texnologiyalari va vositalaridan foydalanish uchun zaruriqtisodiy va normativ-huquqiy bazani joriy etish boshqarmasi boshlig’i lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot va молия yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lishi (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi).
- Iqtisodiyot va молия sohalari, xususan raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida hamda boshqa tegishli tashkilotlarda kamida 7 yillik stajiga, shu jumladan rahbar lavozimida
5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi (xalqaro va xorijiy tashkilotlarda faoliyat yuritgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi). - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt texnologiyalari faoliyatga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bilish.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt texnologiyalari faoliyatga oid normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi.
- Iqtisodiy tahlil malaka va ko‘nikmasiga ega, xususan raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt texnologiyalari faoliyatga doir masalalar yuzasidan zaruriy axborot-tahliliy maʼlumotlarni sifatli tayyorlay olishi, ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi.
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish va boshqaruvchlik qobiliyatlariga ega bo‘lish.
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilish.
Vazifalar:
– raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishning parametrlarini tahlil qilish va prognozlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, ushbu sohalarda bozor mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
– O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari yo‘nalishlaridagi vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda xalqaro standart talablarga javob beradigan innovatsion va raqamli texnologiyalarni joriy etish;
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan statistik hisobot va hisobot berish metodologiyasini takomillashtirish;
– 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanishning Milliy maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha indikatorlarni shakllantirish;
– raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt texnologiyalarini huquqiy va institutsional asoslarni takomillashtirish;
– raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha prognoz va kutilayotgan ko‘rsatkichlarni shakllantirish.
- Raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt dasturlari tahlili va monitoringni loyiha ofisi bosh mutaxassisi
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt dasturlariga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog‘liq sohalarda 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat tajribasiga ega bo‘lishi; (xalqaro tashkilotlar ofislarda faoliyat yuritgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi).
- Boshqarma faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash hamda statistik maʼlumotlarni tahlil qila olish ko’nikma va tajribasiga ega bo’lishi.
- Iqtisodiy tahlil malaka va ko‘nimasiga ega, xususan boshqarma faoliyatiga oid masalalar yuzasidan zaruriy axborot-tahliliy maʼlumotlarni sifatli tayyorlay olishi.
- Jamoada ishlay olish, shaxsiy mas’uliyatni his etish hamda yuzasidan lozim darajada muzokarolarni olib borish ko’nikmasiga ega bo’lishi.
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilishi (IELTS sertifikayiga ega bo‘lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi).
Vazifalar:
- Raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt dasturlariga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishning parametrlarini tahlil qilish va prognozlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, ushbu sohalarda bozor mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
- Raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt dasturlariga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha hisobotlar yuritishning o‘z vaqtida tashkil etilishini ta’minlash;
- O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari yo‘nalishlaridagi vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda xalqaro standart talablarga javob beradigan Raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt dasturlarini joriy etishda ishtirok etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan statistik hisobot va hisobot berish metodologiyasini takomillashtirishda ishtirok etish;
- Loyiha ofisi vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha quyi tuzilmalarga maslahat va metodik yordam ko’rsatishda ishtirok etish .