OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI
02/10/2021 - 11:32 3796
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish
2021-yil 30 sentabrdan 9-oktabrgacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 2-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (10 ta mezon boʻyicha har biri 1-10 balldan, eng yuqori 10, eng past 1 ball), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo’yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy elektron pochtasi yoki telefoni orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
ISHLAR BOSHQARMASI
Devonxona bosh mutaxassisi vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yoʼnalishi boʼyicha oliy maʼlumotga ega. Devonxona boʼlimida kamida 2 yil ish tajribasiga ega boʼlishi;
- Davlat tilini mukammal bilish, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi;
- Sohaga aloqador Oʼzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarini, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari mazmun mohiyatini bilish;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʼz vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega boʼlish;
Vazifalar:
- Oʼrnatilgan lavozim yoʼriqnomasi talablarini bajarish;
- Аxborot xavfsizligi va XDFU hujjatlar bilan ishlash boʼyicha bilimlarga ega boʼlish;
- Kompьyuter savodxonligi boʼyicha - Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarida hamda “isv.ijro.uz” ijro intizomi idoralaro yagona elektron tizimda ishlay olishi;
MAKROIQTISODIY SIYOSAT, TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISH DEPARTAMENTI
Departament direktori vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- 1 Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga, vazirlik va idoralarda ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirish, makroiqtisodiy siyosatni yuritish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarida kamida 5 yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish va makroiqtisodiy siyosatni yuritish yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
- Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda makroiqtisodiy siyosatni yuritish yo‘nalishlarida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash bo‘yicha zaruriy ko‘nikma mavjudligi;
- Matematika, statistika ko‘nikmalarini iqtisodiyotda qo‘llash hamda makroiqtisodiyot, iqtisodiy tahlil, ekonometrika, prognozlash, milliy hisoblar tizimi sohasida yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
- Makroiqtisodiy siyosat, tahlil, prognozlash sohasida ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi hamda shu sohada xalqaro tashkilotlar va xalqaro moliya institutlar tavsiyalaridan xabardorligi va yetarli tajribaga egaligi;
- Katta hajmdagi statistik ma’lumotlar va chuqur tahliliy jadvallar hamda prognozlash bilan ishlash ko‘nikmasining mavjudligi;
- Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarning mamlakat iqtisodiy o‘sishiga hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashga ta’sirlarini baholash va amaliy takliflar shakllantirish ko‘nikmasining mavjudligi;
- Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning tahlili asosida iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar dinamikasini hamda undagi muammolarni aniqlash va tegishli takliflarni ishlab chiqish qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda mustaqil qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada o‘zlashtirgan, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarda amaliyot o‘tagan yoki tahsil olgan, iqtisodiyot yo‘nalishida ilmiy darajaga ega bo‘lgan hamda Hukumatda mehnat faoliyatini olib borgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borish va doimiy tahlilini yuritish;
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan inflatsiya darajasini pasaytirish va qo‘yilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish borasida muvofiqlashtirilgan siyosatni yuritish va birgalikda amalga oshirish;
- Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan eksportni qo‘llab-quvvatlash, eksport va importdagi tarif va notarif tartibga solish siyosatlarini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etish, tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish va prognozlash;
- Iqtisodiyotning real sektori holati, ichki va tashqi bozorlar konyunkturasi hamda global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish strategiyasini shakllantirish va doimiy tahlili yuritilishini ta’minlash;
- Iqtisodiyotning real sektoridagi holatlarni oldindan baholashning zamonaviy indikatorlarini ishlab chiqish va samarali foydalanish tizimini joriy etish hamda doimiy ravishda tahlil qilib borish;
- Makroiqtisodiy dasturlash va modellashtirish orqali makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va xalqaro tajriba asosida modellar orqali qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlarni ishlab chiqish;
- Iqtisodiy o‘sishni hududlar, tarmoqlar hamda sifat omillari kesimida tahlil qilish va prognozlash;
- Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha doimiy tahlillar yuritish hamda yashirin iqtisodiyot yuqori bo‘lgan sohalar tahlili bo‘yicha takliflar berib borish;
- Xalqaro tashkilotlar hamda xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda ishlash, hamkorlik olib borish;
- Departament faoliyatiga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish.
URBANIZATSIYA VA UY-JOY QURILISHINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
- UY-JOY QURILISHINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI
Uy-joy dasturlarini muvofiqlashtirish va ipoteka bozorini monitoring qilish bo‘limi
Bo‘limi boshlig‘i vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot, moliya, bank ishi, uy-joy qurilishi va ipoteka krediti bozori sohalarida yoki shunga o‘xshash yo‘nalishlarda kamida 7 yillik ish tajribaga ega bo‘lishi;
- Makroiqtisodiyot, iqtisodiy nazariyani bilish va iqtisodiy tahlil qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- Kompyuter savodxonligi bo‘yicha - Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish;
- Bank-moliya sohasidagi asosiy qonunchilik hujjatlari hamda uy-joy qurish davlat dasturlari va ipoteka bozori bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilish;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz (nemis, fransuz) tillarini yuqori darajada bilgan, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarda tahsil olgan hamda Hukumatda mehnat faoliyatini olib borgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy qurilishi siyosatini va ipoteka bozorini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
- Amaldagi ubsidiya dasturlari monitoringini tashkil etish;
- Subsidiya davlat dasturlari to‘g‘risidagi (yillik, choraklik) hisobotlarni tayyorlash va uni rahbariyatga kiritib borish;
- Respublikadagi makroiqtisodiy holat va o‘zgarishlarni hamda xalqaro moliya bozorlaridagi vaziyatni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar bilan ishlay olish, tahlil qilish va sharhlash;
- Subsidiya va uy-joy dasturlari samaradorligini tahlil qilish, ularni birlashtirish va konsolidatsiya qilishda hamda yangi davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda aholini uy-joy bilan ta’minlash siyosati va ipoteka bozorini rivojlantirish va ipoteka kreditlari mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- Ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish manbalari bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- Ipoteka bozori holati bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni aks ettiruvchi hisobot shakllarini Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda yangi yondashuvni amalga oshirish va takomillashtirib borish;
- Osiyo taraqqiyot banki bilan amalga oshiriladigan O‘zbekistonda ipoteka bozorini rivojlantish dasturi bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar matritsasida belgilangan vazifalarni bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli takliflarni tayyorlash;
- Har yili manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kvartiralarning bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati va kvartiralar maydonining eng kam me’yorlarini inobatga olgan holda uy-joylar uchun ajratiladigan subsidiyalarning hisoblangan qiymatini belgilashda ishtirok etish;
- Uy-joy qurish davlat dasturlari doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat tomonidan subsidiyalar ajratish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tahlillar o‘tkazish;
- Bo‘lim xodimlarining malakasini oshirish, ularning samarali va natijaviy faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda jamoaviy ish olib borish;
- Iqtisod, moliya, bank sohalaridagi bilimlarini muntazam oshirib borish va xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘z ustida ishlash.
- UY-JOY QURILISHINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI
Boshqarma boshlig‘i vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yo’nalishi bo’yicha oliy ma’lumotga ega, iqtisodiyot va qurilish sohalarida, shaharsozlik, arxitektura yoʻnalishlarida vazirlik va idoralarda kamida 7 yil, shundan rahbar lavozimida kamida 3 yil ish tajribasiga ega boʻlishi (xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi);
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va О‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish hamda ipoteka bozori va uy-joy siyosati yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va О‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish hamda ipoteka bozori va uy-joy siyosati yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
- Uy-joy qurilishini boshqarish va ipoteka bozorini rivojlantirish yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va о‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bо‘lishi;
- Kompyuter dasturlarida mukammal ishlay olishi;
- Oʻzbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilishi (IELTS sertifikatiga ega boʻlgan (kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi).
Vazifalar:
- 1.Aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha strategiya va dasturlar joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
- Uy-joy siyosati hamda ipoteka bozorini rivojlantirish bo’yicha tegishli Hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, kо‘rsatmalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
- Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan uy-joylarni qurish dasturlarining о‘zaro bog‘liqligini ta’minlash mexanizmini amalga oshirish;
- Mas’ul vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda uy-joylar qurilishini boshqarish yo‘nalishida hamkorlik qilish;
- Uy-joy qurilishi bo‘yicha statistik hisobotlarni berish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish$
- Soha bo’yicha yuridik va qonun hujjatlarni tahlil qilish;
- Elektron hujjatlar aylanish tizimlariga tegishli topshiriqlarning bajarilish holati to’g’risidagi ma’lumotlar kiritilishini nazorat qilish;
- Boshqarma vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish;
- Hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni o’rganib borish va doimiy ravishda o’z malakasini oshirib borish;
- Hisobot va ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini ta’minlash.
HUDUDLARNI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
Departamenti direktori o‘rinbosari vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yoʼnalishi boʼyicha oliy maʼlumotga ega. Iqtisodiyot yoʼnalishida umumiy ish staji 10 yil, shundan vazirlik va uning hududiy boʼlinmalarining boshqaruv lavozimlarida kamida 5 yil ish tajribasiga ega boʼlish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hududlarni rivojlantirish, ularni reyting baholash hamda “mahallabay” ishlash tizimi yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hududlarni rivojlantirish, ularni reyting baholash hamda “mahallabay” ishlash yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik, tashkilotchilik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilishi ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Vazirlikning hududiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, hududlarda “mahallabay” ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish hamda tizimning samarali ishlashini nazorat qilish;
- Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha reyting baholash tizimini yuritish;
- Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi ortda qolayotgan tuman va shaharlar uchun ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ishlab chiqish va taʼminlash;
- Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududiy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va tarkibiy o‘zgarishlarni tahlil qilish, baho berish va zarur xulosa shakllantirish, zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar shakllantirish;
- Qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar va hududiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, vazirlikning hududiy bo‘linmalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligini taʼminlash;
- Hududlarning mavjud resurs va xomashyo bazasi, baholash reytingi, geografik joylashuvidan kelib chiqib, ularning “o‘sish nuqtalari” (“drayver”) loyihalarini aniqlash va tahlil qilish;
- Har bir mahallada tuman va shahar iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga turtki bo‘ladigan yo‘nalishlarni aniqlash;
- Mahallalarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish, ajratilgan kreditlarning natijadorligi monitoringini olib borish ishlarini tashkil etish;
- Hududiy bo‘linmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning samarali faoliyatini taʼminlash bo‘yicha tegishli taklif va ko‘rsatmalarni ishlab chiqish hamda rahbariyatga taqdim etish.
- Boshqarma faoliyatiga oid hujjatlarni tayyorlash, ijro va mehnat intizomiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.