Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish departamenti tomonidan markaziy apparat xodimlari uchun ingliz va xitoy tili kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarning bir guruhi faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi
24/09/2021 - 15:52 3733
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori ijrosini taʼminlash, davlat xizmatchilari tomonidan xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasini oshirish hamda vazirlikni yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida, markaziy apparat xodimlari uchun Xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan O‘quv markazi bilan hamkorlikda ingliz va xitoy til kurslari tashkil etildi.
Ushbu o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bir guruh faol xodimlarni taqdirlash tadbirida kirish so‘zi bilan Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, i.f.n.,dots Melibaeva Gulnora Аchilovna chiqdi.

Maʼruzachi vazirlikda xodimlarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini, shuningdek, salohiyatini muntazam oshirib borishga qaratilgan faoliyat yuzasidan batafsil maʼlumot berdi hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar xususida to‘xtalib o‘tdi.


Taʼkidlash joizki, vazirlik xodimlarining til o‘rganish kurslarida olgan bilimlari ularning amaliy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati