Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri
01/09/2021 - 23:39 4329
Joriy yilning 30-avgust kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazirlik rahbariyati, markaziy apparat xodimlari hamda vazirlik tasarrufidagi muassasalarining vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir boshida Bosh vazir o‘rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov so‘zga chiqib, barchani Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida Davlatimiz Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Prezident farmoniga binoan davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan davlat xizmatchilari qatorida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazir o‘rinbosari sifatida mehnat qilib kelayotgan Adiz Muzaffarovich Boboyevning “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlanganligi e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.




Bundan tashqari, vazirlik tizimida o‘z samarali mehnati, ijodkorligi, amalga oshirilayotgan islohotlarning hayotga tatbiq etishda qo‘shib kelayotgan hissasi uchun bir guruh xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.



Shuningdek, mamlakat iqtisodiy hayotining taraqqiy etishida faol va samarali xizmat olib borayotgan vazirlik tizimidagi bir qator xodimlarga “Eng namunali iqtisodchi”, “Tashabbuskor yosh iqtisodchi” nominatsiyalari asosida esdalik sovg‘alari taqdim etildi.



Shu fursatdan foydalangan holda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi jamoasi hamyurtlarimizni Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan chin dildan muborakbod etadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati