Tijorat banklari foiz stavkasini xohlagancha belgilashi mumkinmi?

20/05/2019 - 13:33 8068

Xalqaro press-klub sessiyasida Markaziy bank raisi Mamamirzo Nurmatov “Har bir oila - tadbirkor” Davlat dasturi doirasida kredit olganlar faoliyati o‘rganilayotgani haqida gapirdi.

- Biz ko‘proq muhtoj oilalarga asosiy eʼtiborni qaratyapmiz, - dedi M.Nurmatov. – Lekin kredit ajratishda kam taʼminlanganlik to‘g‘risidagi hujjat talab etilmaydi. Qaysi kasbda bo‘lishidan qatʼiy nazar qo‘shimcha daromad olmoqchi bo‘lganlarga imkon berilmoqda. 

Hatto taʼminotchilarga ham mahsulot olib kelish uchun kredit ajratilmoqda. Faqat ulardan sifatli mahsulot olib kelish talab etiladi.

Issiqxona qurish uchun kredit olgan, lekin mablag‘ni boshqa maqsadda ishlatganlar ham aniqlandi. Bunday holatlar uchrab turibdi.

Taʼkidlanishicha, pulni sandiqda saqlagandan ko‘ra, bankda saqlovchilar ko‘paydi. Ular valyuta shaklida uyda saqlamasdan, bankka ishonch bildirmoqda. O‘tgan yili aholining muddatli omonatlar hajmi 72 foizga o‘sgan.

Sessiyada Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi 16 foiz, lekin tijorat banklari foizi juda yuqori. Tijorat banklarini nazoratga olish mumkin emasmi, degan savolga Markaziy bank rahbariyatining bunga vakolati yo‘qligi maʼlum qilindi.

Manba: O‘zА