Navbatdagi tadbir Jizzax shahrida bo‘lib o‘tdi

06/03/2019 - 18:20 9101

Joriy yilning 5-mart kuni Jizzax shahrida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi tomonidan hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi. Unda ishlab chiqarish korxonalari, kichik biznes sub'yektlari hamda tijorat banklarining vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda ishtirokchilarga energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish tajribasi hamda energiya samaradorligini oshiruvchi tadbirlarga investitsiya jalb etishning foyda va afzalliklari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Jumladan, tadbirda qatnashayotgan banklar vakillariga “Jizzax plastmassa” AJ hamda “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ bilan energiyasamaradorlikka yo‘naltirilgan  sub-loyihalarni o‘rganib chiqish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Keyingi davra suhbati 2019-yil 12-13-mart kunlari Nukus va Urgench shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasining muvofiqlashtirish guruhi