E'lon: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ishga taklif qiladi

08/02/2018 - 15:54 11346

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Xalqaro hamkorlik va tashqi savdo bosh boshqarmasi tajribali mutaxassislarni ishga taklif qiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
 
1. Iqtisodiyot, moliya va boshqa iqtisodiyotga aloqador sohada oliy ma'lumotga ega bo‘lish;

2. Tashqi savdo va xalqaro aloqalar sohasida eng kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;

3. Xalqaro tashkilotlarda ishlash tajribasining bo‘lishi katta ahamiyatga ega;

4. O‘zbek yoki rus tillaridan kamida birini mukammal bilish shart. Ingliz tilini bilish katta ahamiyatga ega;

5. Tashqi savdo va xalqaro aloqalar borasida keng bilimga ega va o‘z bilimlarini amalda qo‘llashga tayyor bo‘lish;

6. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan keng iqtisodiy islohotlardan xabardor bo‘lish, shuningdek, ularning maqsad va mohiyatini yaxshi tushunish lozim;

O‘zbekiston Respublikasi, xususan, vazirlikning rivojiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor bo‘lgan bilimli va faol fuqarolarni ishga taklif etamiz.

Agar siz yuqoridagi shartlarga javob beraman deb hisoblasangiz, unda shaxsiy ma'lumotlaringizni va 2 varaqdan ko‘p bo‘lmagan motivatsion xatingizni o‘zbek, rus yoki ingliz tillaridan birida tayyorlab ndaniyarov@mineconomy.uz elektron pochtasiga yuboring.

Motivatsion xatingizda siz nima sababdan Iqtisodiyot vazirligining Xalqaro hamkorlik va tashqi savdo bosh boshqarmasiga ishga kirmoqchi bo‘layotganingizni tushuntirib bera olishingiz lozim.