Navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi

23/06/2017 - 17:18 30834

Bugun Iqtisodiyot vazirligida “Ichki audit davlat moliyaviy nazorati institutlaridan biri sifatida: xalqaro standartlar va chet el tajribasi” hamda “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash” mavzulariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik markaziy apparati va tizimdagi tashkilotlar xodimlari faol ishtirok etdilar.

Seminarda Kanada, Fransiya, Buyuk Britaniya va Shvetsiya kabi yetakchi davlatlarning ichki audit bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashildi. Shuningdek “ichki audit” va “tashqi audit” atamalariga kengaytirilgan tushunchalar berilib, ushbu sohani tartibga soluvchi milliy qonunchilik haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirning ikkinchi qismida ma'ruzachi tomonidan “korrupsiya”, “manfaatlar to‘qnashuvi” va “davlat xaridi” singari atamalarga tahliliy tushunchalar berildi. 

Ma'ruza so‘nggida ko‘rib o‘tilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi va ishtirokchilarning fikr va takliflari eshitildi.

Vazirlik Axborot xizmati