Xalqaro Biznes forumi
08/06/2015 - 15:00 8473
Joriy yilning 3 iyun kuni Sirdaryo viloyati Guluston shahrida joylashgan "Yoshlar markazi"da Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sirdaryo viloyat hokimligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 apreldagi “Sirdaryo viloyatining sanoati, ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda viloyatda zamonaviy xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo qilish va ekoturizmni rivojlantirish to‘g‘risida”gi 31-sonli yig‘ilish bayoniga asosan xorijiy investorlar ishtirokida Xalqaro “Biznes forum” bo‘lib o‘tdi.
"Biznes forumi"ni o'tkazishdan asosiy maqsad xorijiy investitsiyalarni jalb qilish evaziga "Jizzax" erkin indsturial zonasi Sirdaryo filiali hududida zamonaviy sanoat ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishdan iborat.
“Biznes forum”da Xitoy xalq respublikasi hamda Eron Islom respublikasidan vakillar ishtirok etishdi. Mehmonlar Sirdaryo viloyatining sanoat va turizm sohasidagi mavjud salohiyat hamda imkoniyatlari bilan tanishishdi.
Shuningdek, "Biznes forum" doirasida sanoat mahsulotlari, hunarmandlik buyumlari va qishloq xo'jaligi mahsulotlari ko'rgazmasi ham tashkil etildi.