“O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” – “Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana” jurnali veb-sayti ishga tushirildi

17/02/2015 - 10:47 8805

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining rasmiy  nashri "O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi" -  «Экономический вестник Узбекистана» jurnali tahririyati mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qi­luvchi barcha tamoyillardan samarali foydalanish, ilg‘or g‘oyalarni targ‘ib qilish, texnik-texnologik yangiliklarni qo‘llab-quvvatlash ishlariga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Shuningdek, jurnalda iqtisodchi olimlar, faol mualliflar tomonidan bildirilayotgan taklif-mulohazalar ham muntazam ravishda nashr etib borilmoqda.

Yaqinda jurnal tahririyatining rasmiy veb-sayti ishga tushirildi. Rasmiy veb-saytda jurnalda chop etilayotgan maqolalar, mamlakatimiz iqtisodiyotiga doir eng so‘nggi yangiliklar joylashtirib boriladi.

Rasmiy veb-saytda, shuningdek, fuqarolarning murojaatlari uchun ham alohida rukn ochilgan. U orqali fuqarolar istalgan vaqtda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (onlayn) o‘zlarini qiziqtirgan savollar va taklif-mulohazalari bilan tahririyatga murojaat qilishlari mumkin.

Yo‘lga qo‘yilgan tizim, umid qilamizki, ushbu nashr veb-saytidan unumli foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jurnal tahririyati bu borada veb-saytning ommabop bo‘lishiga alohida e'tibor qaratadi.

Jurnal veb-saytida dastlabki bosqichida quyidagi ruknlar o‘rin olgan:

"Murojaatlar" rukni orqali murojaatlarni onlayn qabul qilib boriladi.

"Yangiliklar" ruknida respublikamiz iqtisodiyotiga oid yangiliklar chop etib boriladi.

"Sohalar" ruknida esa mamlakat makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahliliga bag‘ishlangan maqolalarga o‘rin beriladi.

"Hududlar" ruknida joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangilanish bilan bog‘liq ma'lumotlar berib boriladi.

Bundan tashqari, jurnalda chop etilayotgan barcha maqolalarning ingliz tilidagi annotatsiyalari, iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus sonlar materiallarining qisqacha mazmuni ham berib boriladi.

Ayni paytda tahririyat tomonidan jurnalning rasmiy veb-sayti to‘liq va mukammal ishlashi uchun tegishli choralar ko‘rilmoqda.