Mehnatdan qadr, el-yurt xizmatidan baxt topganlar
03/12/2014 - 16:11 9366
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 25 avgustdagi PF-4648- sonli Farmoni e'lon qilingan edi.
Mukofotlanganlar orasida samarali mehnati va erishayotgan yutuqlari bilan mamlakatimizning mustaqilligini mustahkamlash hamda iqtisodiy qudratini oshirishga, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi, mehnatsevarligi, vatanparvarligi, jamoat ishlaridagi faolligi bilan umumxalq izzat-hurmatiga sazovor bo‘lganligi uchun «Mehnat shuhrati» ordeni bilan vazirlikning Qurilish industriyasi va qurilish kompleksini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Turayev Mirxamid Obidovich hamda «Shuhrat» medali bilan Makroiqtisodiy tahlil qilish va prognozlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Ismailov Shuxrat Yaxyayevichlar taqdirlanishgan edilar.
An'anaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan bugungi yig‘ilishda hamkasblarimizga mukofotlarni topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Mukofotlarni o‘z egalariga Iqtisodiyot vaziri Galina Saidova topshirdi.
Ustoz hamkasblarimizni ushbu yuksak davlat mukofotlari bilan samimiy tabriklaymiz. Ularga mustahkam sog‘liq, kasbu-korlariga rivoj, yurt ravnaqi yo‘lidagi ezgu maqsadlari ushalishida ulkan zafarlar tilaymiz!
Vazirlik matbuot xizmati