YANGI TAHRIRDAGI MEHNAT KODEKSI BO‘YICHA O‘QUV SEMINARI BO‘LIB O‘TDI
24/11/2022 - 17:05 1668
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan hamkorlikda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi mazmun-mohiyatini o‘rganish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi. Unda vazirlikning markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.
O‘quv seminari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Gulrux Niyozmetova tomonidan olib borildi. Mashg‘ulot davomida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ishlab chiqish zarurati, uning o‘ziga xos xususiyatlari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, kutilayotgan natijalar va uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar xususida batafsil ma’lumot berildi.
O‘quv seminari yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyatini tushuntirish va uni amalga oshirish bo‘yicha tashkil etilgan ushbu seminar ham xodimlar salohiyatini rivojlantirishga, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish departamenti, Axborot xizmati