Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi va ushbu sohadagi boshqa tegishli sohaning mutasaddi xodimlari ishtirokida davra suxbati bo’lib o’tdi.

11/05/2022 - 17:45 2524

2022-yilning 11-may kuni O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 2017 yil 3 yanvardagi O‘RQ-419-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-son Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 6 iyuldagi PQ-5177-son qarori mazmunini targ’ib etish, Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida hududiy boshqarmalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi va ushbu sohadagi boshqa tegishli sohaning mutasaddi xodimlari ishtirokida davra suxbati bo’lib o’tdi.

Unda, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo’limi boshlig’i B.T.Nabiyev tomonidan ushbu soha bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash hamda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish va boshqa masalalar bo‘yicha yo‘lga qo‘yilayotgan ishlar bo‘yicha qisqacha tushuntirishlar berildi.

Mazkur davra suxbati majlis qatnashchilari o‘rtasida interaktiv usulda qiziqarli savol-javoblar orqali samimiy ruhda o’tkazildi.