Ijtimoiy tarmoqlarda gaz va elektr energiyasiga to’lov narxlari oshirilishi bo’yicha xabarlar tarqalmoqda.
24/05/2022 - 22:17 1820
Aziz yurtdoshlar!
Ijtimoiy tarmoqlarda gaz va elektr energiyasiga to’lov narxlari oshirilishi bo’yicha xabarlar tarqalmoqda.
Sizga shuni ma’lum qilamizki, ayni kunlarda aholi va iqtisodiy tarmoqlarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida"gi qaror loyihasi ish jarayonida va hujjatning loyihasi muhokama uchun https://regulation.gov.uz/oz ga joylashtiriladi va barchaning fikr va takliflari ko’rib chiqiladi.
Hurmat bilan
Axborot xizmati